$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zatom”da AESlar xavfsizligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

AES

“O‘zatom” axborotiga ko‘ra, Rossiyaning “Atomqurilisheksport” AJ va “Atomenergoproyekt” mutaxassislari o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashgan.

“Barcha faktorlar to‘liq hisobga olingan”

Qayd etilishiga ko‘ra, RITM-200 reaktorlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan ixcham va yuqori texnologiyali hisoblanadi. Shuningdek, ular an’anaviy reaktorlarga nisbatan tez quriladi va elektr energiyasini yuqori samaradorlikda ishlab chiqarishga qodir. “Atom elektr stansiyalarini qurishda xavfsizlik masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Barcha faktorlar to‘liq hisobga olingan. Shu bilan birga tashqi muhitning ta’siri ham to‘laqonli o‘rganib chiqilgan. Ayni damda biz hamkorlarimiz bilan loyihalash ishlarini boshladik”, — dedi AES qurilish direksiyasi direktori Otabek Omonov.

Kichik atom elektr stansiyasini qurish

Joriy yilning 27-may kuni “O‘zatom” va “Rosatom” kam quvvatli AES qurish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Loyiha Rossiya ishlanmasi — RITM-200N bosimli suv reaktoriga asoslangan bo‘lib, u quruqlikda joylashtirish uchun kema texnologiyasini moslashtirish natijasidir. RITM-200N reaktorining issiqlik quvvati — 190 MVt, elektr quvvati — 55 MVt, xizmat muddati — 60 yilgacha. Shavkat Mirziyoyev OAVga bergan bayonotida Dunyoda deyarli barcha davlatlar energetik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni atom energetikasi hisobiga ta’minlashini, O‘zbekistonda uran zaxiralariga mavjudligi hamda uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakat sifatida bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega ekanligini qayd etgandi.

AESga sarmoya kiritish

“O‘zatom” agentligi huzuridagi AES qurilishi direksiyasi direktori Otabek Omonov 15-oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan ilmiy anjumanda O‘zbekiston kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish uchun xorij banklaridan mablag‘ jalb etmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. AES qurilishi direksiyasi direktorining aytishicha, Hozirda bir necha Yevropa, Rossiya va mahalliy banklar bilan AESga sarmoya kiritish bo‘yicha muzokara olib borilyapti. “Qaysi banklar bizga ma’qul taklif bersa, ular bilan hamkorlik qilinadi. Chet el banklari krediti ham investitsiyaga tenglashtiriladi”, degan direksiya rahbari.

Теги :
Iqtisodiyot