$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°
film

“Ustasi faranglar”dan “Buyuk to‘fongacha”: Bu hafta qaysi filmlarni uyda dam olib ko‘rish mumkin?

Agar bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga, uyda dam olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, streaming platformalarda joylashgan eng yangi filmlar aynan siz uchun. Netflix va Amazon platformalarida ushbu hafta sizni qiziqarli filmlar kutmoqda. Sehrli fitnalardan tortib, psixologik qo‘rquv va siyosiy trillerlargacha. Quyida bu haftada uyda o‘tirib ko‘rsa bo‘ladigan eng qiziqarli filmlarni jamladik.
Батафсил →
toxic relations

Takrorlash majburiyati: Avlod “surayotgan” toksik munosabatlar ildizi qayerda?

Nega ba’zilar tinch va osoyishta munosabatlardan ko‘ra, doimiy drama, rashk va noaniqlik hukmron bo‘lgan “azobli sevgi” ni tanlaydi? Bizning azobli munosabatlarga ongsiz ravishda intilishimiz shunchaki hissiy tanlov emas, balki psixologiyadagi “takrorlash majburiyati” fenomeni va miyaning neyrokimyoviy qaramlik mexanizmlari kabi murakkab jarayonlar mahsulidir. Ushbu paradoksal holatning ildizlarini nafaqat bolalikdagi psixologik travmalar, balki farzand tarbiyasidagi stereotiplar hamda “uzlukli rag‘batlantirish” qonuniyatlari kabi real ilmiy omillar bilan dalillash mumkin. Keling, bu masalaga neyrobiologiya, psixoterapiya va milliy qadriyatlarimiz prizmasidan nazar tashlaymiz.
Батафсил →

Salomatlikni asta-sekin yeb bitiradigan TOP-7 odat

Ko‘pgina jiddiy sog‘liq muammolari tashqi kuchlarning keskin ta’siridan emas, balki oddiy va zararli emasdek ko‘rinadigan kundalik odatlardan kelib chiqadi. Uyquning yetishmasligi, o‘tirib ishlash, muvozanatsiz ovqatlanish va doimiy stress zamonaviy hayotning odatiga aylangan. Ammo aynan shu omillar asta-sekin organizmni yemiradi va surunkali kasalliklar rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Tibbiy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, tananing asosiy ehtiyojlarini – uyqu, harakat va tiklanishni – muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirish yurak-qon tomir kasalliklari, gormonal buzilishlar, metabolik nosozliklar va erta qarish xavfini oshiradi. Bunday odatlarning xavfi shundaki, ularning oqibatlari sezilmasdan to‘planadi va yillar o‘tib namoyon bo‘ladi.
Батафсил →