$
 12258.38
16.21
 14455.08
-67.81
 159.49
-0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ustasi faranglar”dan “Buyuk to‘fongacha”: Bu hafta qaysi filmlarni uyda dam olib ko‘rish mumkin?

film

Agar bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga, uyda dam olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, streaming platformalarda joylashgan eng yangi filmlar aynan siz uchun. Netflix va Amazon platformalarida ushbu hafta sizni qiziqarli filmlar kutmoqda. Sehrli fitnalardan tortib, psixologik qo‘rquv va siyosiy trillerlargacha. Quyida bu haftada uyda o‘tirib ko‘rsa bo‘ladigan eng qiziqarli filmlarni jamladik.

“Bu shunchaki baxtsiz hodisa edi” (It Was Just An Accident)

2025-yilning eng yaxshi filmlaridan biri sifatida tan olingan “It Was Just An Accident” (Bu faqat baxtsiz hodisa edi) Oscar sovriniga nomzod bo‘lib, Kan Film Festivalida “Oltin palma” mukofotini qo‘lga kiritgan. Ushbu siyosiy trillerda, sobiq siyosiy mahbus Vahid (Vahid Mobasseri)ning o‘z axloqiy qadriyatlari va qasos olish istagi orasidagi kurashni ko‘rish mumkin. Bu film aynan siyosiy komediyalarni yoqtiradiganlar uchun. Uni 16-dekabrdan boshlab Amazon orqali ko’rish mumkin.

It Was Just an Accident' review: Jafar Panahi's anti-authoritarian farce :  NPR

“Ustasi faranglar” (Now You See Me: Now You Don’t)

Sehrli fitnalar va ajoyib jinoyatlarni sevuvchilar uchun mos bo‘lgan “Ustasi faranglar” filmining 3 qismini 16-dekabrdan Amazon orqali ko‘reish mumkin. Bu galgi qismda sehrgarlar guruhi yana birlashadi va dunyoning eng katta marvaridini o‘g‘irlash uchun xavfli rejani amalga oshiradilar.

Final Trailer

“Yuguruvchi odam” (The Running Man)

Stephen Kingning mashhur romanidan olingan “The Running Man” filmida Glen Powell rol o‘ynaydi. Bu film post-apokaliptik futuristik jamiyatda o‘tkaziladigan o‘lim o‘yinini tasvirlaydi, unda asosiy qahramon Ben (Powell) o‘zining yosh qizini davolash uchun katta pul olish maqsadida xavfli o‘yinda qatnashishga rozi bo‘ladi. Film tezda barchani o‘ziga tortadi. Uni 16-dekabrdan Amazon orqali ko‘rish mumkin.

The Running Man (2025) - film-authority.com

“Him” (Peacock)

“Him” (Peacock) filmi psixologik qo‘rquv janrida yaratilgan. Asosiy qahramon Cam Cade (Tyriq Withers) — yuksalib kelayotgan futbol yulduzi. Uning karyerasi xavf ostiga tushadi. Futbol yulduzi o‘zining qahramoni, ko‘p marotaba chempion bo‘lgan Isaiah White (Marlon Wayans) bilan treningga chaqiriladi. Shu joyda Cam o‘z chegaralarini bilib, eng buyuk bo‘lish uchun ba’zi qiyin qarorlar qabul qilish kerakligini tushunadi. “Him”ni 19-dekabrdan tomosha qilishingiz mumkin.

"I Want To Be The G.O.A.T." | Him - YouTube

“Relay” (Netflix)

“Relay” filmi – triller janrida. Sarah Grant (Lily James) ismli ayol, o‘z ish joyidagi katta sirni oshkor qilishga qaror qiladi. U bir farmatsevtika kompaniyasining sirli va xavfli ma’lumotlarini bilib qoladi. Buni oshkor qilish uchun esa, u Ahmeddan yordam oladi. Ammo, Ahmed qoidalarni buzib, vaziyatni murakkablashtiradi va bu jiddiy muammolarga sabab bo‘ladi. Filmni Netflix’dan 19-dekabrdan tomosha qilsa bo‘ladi.

Riz Ahmed and Lily James Thriller 'Relay' Sets Netflix Streaming Premiere

“Buyuk to‘fon” (The Great Flood)

Netflixning yangi “Buyuk to‘fon” nomli “Kalmar o‘yini” serialidan tanish bo‘lgan Park Hae-soo rol o‘ynaydi. Filmda suv toshqini sabab olim (Kim Da-mi) va uning kichik o‘g‘li bir osmono‘par binoni ushlab qoladi. Film ularning omon qolish uchun kurashi va butun insoniyatning taqdiri haqida hikoya qilinadi.

The Great Flood (2025) - IMDb

Теги :
Jamiyat