$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Fargʻona viloyati Kadastr boʻlimi boshligʻiga “hayfsan” berildi

asab asabiylik

Kadastr agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video boʻyicha munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi “Zoom” platformasi orqali yigʻilish oʻtkazib, xodimlarini haqoratlagani haqidagi video tarqaldi. Ushbu holat Kadastr agentligining odob-axloq komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgan.

Voqea 3-mayda sodir boʻlgan

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 3-may kuni Kadastr agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda boʻlim boshliqlari ishtirokida hududda yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish boʻyicha belgilangan vazifalarni ijrosini bajarilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli koʻrib chiqish boʻyicha oʻtkazilgan tahliliy, tanqidiy yigʻilish jarayonida sodir boʻlgan.

Boshliq jahlini jilovlay olmagan

Boshqarma boshligʻi yigʻilish davomida xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.

“Hayfsan” berildi

Agentlik tomonidan boshqarma boshligʻiga nojoʻya soʻzlarni ishlatgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday holatlarni oldini olish va bu kabi xatoga yoʻl qoʻyilmaslik yuzasidan tizimdagi barcha tashkilot va hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Xodimlarning mehnat samaradorligiga taʼsir qiluvchi holatlar nazoratga olinadi

“Kadastr agentligi bu kabi holatlarni oʻz holiga tashlab qoʻymaydi. Xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga hamda mehnat samaradorligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlar jiddiy nazoratga olinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllaniladi”, - deyiladi agentlik munosabatida.