$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari tugatilmoqda

zona

5-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, MIZ ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari direksiyalar zimmasiga yuklatiladi.

Investorlar MIZ hududida faoliyat olib borishlari uchun hamkorlikni avtomatlashtirishlari kerak

Ma’lum qilinishicha, MIZ direksiyalari yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ajratish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlardan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega emas. Bundan tashqari, MIZ hududida faoliyat yuritish istagini bildirgan investorlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish ularning direksiya va davlat organlari bilan hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirishni taqozo etadi.

Shuningdek qonun bilan “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlarini tugatish va ularning vazifalarini direksiyalar zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Loyihalarning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani direksiyalar tomonidan qabul qilinadi

Xususan, qonunda MIZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va biznes-reja ekspertizasining xulosasini yoki investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini olish bo‘yicha talablarni bekor qilish, loyihalarning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani direksiyalar tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi to‘g‘risidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.