$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Mamlakatda zilzilaga tayyorgarlik ishlari kuchaytirilmoqda

Zilzila

Mirziyoyev “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni qabul qildi.

Qarorga ko‘ra:

2024-yil 1-iyundan MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot ob’yektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yil 1-iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan ob’yektlarga bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o‘rnatish majburiy etib belgilanadi.

2024-yil 1-iyulgacha respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.

2024-yil 1-avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan ob’yektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan ob’yektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-iyulgacha texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion in’yeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.

2024-yil 1-maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek Zilzila muhandisligi olimlari assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya) tashkil etiladi.

Теги :
Жамият