$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida tabiatga 230 millard so‘mdan ortiq zarar berildi

shag

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda navbatdagi tungi reyd tadbirini o‘tkazdi. Natijada noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida tabiatga 230 millard so‘mdan ortiq zarar berilgani aniqlandi.

Qonunbuzilish holati

Ma’lum qilinishicha, Yangiyo‘l tumani, “Paxtachi” MFY hududida bo‘lib o‘tgan reyd davomida davlat raqami yechib olingan yuklagich (ekskavator) yordamida yuk tashuvchi avtotransport vositasiga Chirchiq daryosining oqim bo‘ylab o‘ng qirg‘og‘i muhofaza mintaqasi hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlandi. 

Shuningdek, inspektorlar tomonidan holatga aniqlik kiritilganida “M.Q.T.” MCHJga tegishli avtotransport vositalari yordamida qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, “G.S.” MCHJ tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotganligi ma'lum bo‘ldi. 

Hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan

Oqibatda tabiatga 233 milliard 99 million 588 ming 672 so‘m zarar yetkazilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilmoqda.