$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda hokim yordamchisi onasini ayovsiz kaltakladi

Ona

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokim yordamchisi onasini qattiq kaltaklagani haqida ma’lumot tarqaldi.

Bu birinchisi emas

Qayd etilishicha, U.I. tomonidan kaltaklanganidan keyin 65 yoshli M.I. uyidan qochib ketgan. Ayolning qarindoshlaridan biri holat bo‘yicha Eltuz’ga murojaat yo‘llagan. Unga ko‘ra, bunday hodisa birinchi marta yuz bermayapti. Avval ham o‘g‘li onasini urgan va bu holatni yiqilib tushgan deb izohlagan. Biroq kaltaklash muntazam davom etgan. Shuningdek, ilgari fuqaro onasini sog‘lom bo‘lishiga qaramay, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ham yotqizgan.

Boshqacha munosabat

Toshkent shahar IIB ning Darakchi.uz ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda keksa ayolning kaltaklanishiga aynan kim sababchi bo‘lganligi aniqlanmagan. Jabrlanuvchining o‘zi o‘g‘liga emas, keliniga qarshi ko‘rsatma bergan.

Ayolini ham kaltaklagan

Eltuz’ga yo‘llangan murojaatga ko‘ra, U.I ayolini ham kaltaklab kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayoli "zam"hokimning o‘z xolasini qizi bo‘lib, ularning 3 nafar farzandi mavjud.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar IIB ning qayd etishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hokim yordamchisi ishdan chetlashtirilgan

Tan jarohatlarining og‘irligi, ruhiy holatini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot va psixiatriya ekspertizalari tayinlangan. Hozirda tergov davom etmoqda. Shahar hokimligi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi tergov yakuniga qadar o‘z vazifasidan chetlashtirilganini ma’lum qildi.