$
 12581.97
84.22
 14698.26
39.65
 157.75
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Bishkekda “Zakovat” turnirining III Osiyo ochiq chempionati boshlandi

Zakovat

📍Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati boshlandi. Mintaqadagi eng kuchli jamoalar 16–17-avgust kunlari “Osiyoning eng yaxshi jamoasi” unvoni uchun bahs olib boradi. 

🔑 “Zakovat” tarixi va ahamiyati:

– 24 yildan buyon ishtirokchilarni bilim olish va o‘zini rivojlantirishga ilhomlantirib keladi.

– Dastlab teleko‘rsatuv formatida o‘tkazilgan ushbu intellektual o‘yin so‘nggi yillarda xalqaro intellektual harakatga aylandi.

🌏 Xalqaro tajriba:

– Turnirlar AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Malayziya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda ham o‘tkazilgan.

– 2022-yilda Toshkentda Markaziy Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi.

– 2023-yilda O‘zbekistonda 14 mamlakatdan 55 ta jamoa ishtirok etgan I Osiyo ochiq chempionati, 2024-yili Qozog‘istonda 13 mamlakatdan 42 ta jamoa ishtirokida II ochiq chempionat tashkil etildi.

⏳ Turnir formati:

– Bishkekdagi chempionat 6 tur davom etadi.

– Har bir turda jamoalar 12 ta savolga javob beradi.

– Shuningdek, turnir davomida yakkalik hamda jamoaviy tarzda o‘tkaziluvchi “Shaxsiy o‘yin”, “Brain ring” bahslari ham tashkillashtirilmoqda.

“Zakovat”ning jamiyatdagi o‘rni:

– Bugungi kunda ommaviy-ma’rifiy harakat ramziga aylangan.

– Toshkentda so‘nggi yillarda umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlari hamda havaskor jamoalar o‘rtasida 29 mingdan ortiq o‘yin o‘tkazilgan.

🤝 Xalqaro ahamiyati:

– Bishkekdagi III Osiyo ochiq chempionati nafaqat yorqin intellektual voqea, balki “Zakovat” xalqaro intellektual harakatini rivojlantirishdagi muhim qadam.

– Tashkilotchilar turnir mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashiga, shuningdek, yangi avlodni bilim va rivojlanishga intilishga undashiga ishonch bildirmoqda.

Теги :
Jamiyat