$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada 4 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi

zaharlanish

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi O‘zbekiston tumani bo‘limiga 2024-yil 6-noyabr kuni soat 11:30larda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemorni oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilganligi yuzasidan xabarnoma berilgan. Ushbu xabarnomaga asosan Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.

Fuqarolar fast-fooddan zaharlangan

Ma’lum qilinishicha, surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 2024-yil 5-noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani “Yaypanbozorbosh” MFY, Ibn Sino ko‘chasida faoliyat olib borayotgan fast-food mahsuloti tayyorlab sotish shoxobchasida hot-dog mahsulotini iste’mol qilgan.

So‘ngra yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning “Oqtepa” MFY, “Turkiston” ko‘chasida faoliyat olib borayotgan “OQTEPA MINI FOOD” nomli fastfut mahsuloti tayyorlab, sotish shoxobchasida hot-dog mahsulotini iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat qo‘mita tomonidan nazoratga olingan

Ushbu bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan bo‘limga yotqizildi. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.

Hozirda holat Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.