$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yurak sog‘lom bo‘lishining 8 qoidasi haqida bilasizmi?

YURAK

Yurak-qon tomir tizimining eng ko‘p tarqalgan xavfli kasalliklari arterial gipertoniya, (qon bosimining yuqori bo‘lishi), yurak ishemik kasalligi va tomirlar aterosklerozidir. Bu haqda SSV xabar berdi.

Tamaki chekish va alkogol, yuqori arterial qon bosimi...

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari sababli o‘lim va kasallanishning yetakchi xavf omillari — yuqori arterial qon bosimi, xolesterinning baland qiymati, tamaki chekish va alkogol isteʼmoli hisoblanadi.

Boshqariladigan va boshqarilmaydigan xavf omillari

Yurak-qon tomir xastaliklarini nazorat qilishning mumkin va mumkin bo‘lmagan xavf omillari mavjud.

Boshqariladigan xavf omillari:

- ortiqcha tana vazni;

- past jismoniy faollik;

- alkogol isteʼmol qilish va tamaki chekish;

- noto‘g‘ri ovqatlanish;

- yuqori qon bosimi;

- qandli diabet;

- stress holatlari.

Nazorat qilib bo‘lmaydigan xavf omillari:

- yosh;

- nasliy moyillik;

- jins.

Sogʻlom yurak qoidalari

Sog‘lom yurakning 8 ta asosiy qoidasi mavjud. Bunda:

- qon bosimi 140-90 mm. simob ustunidan past bo‘lishi,

- tamaki chekilmaslik va alkogol isteʼmol qilinmaslik,

-qonda umumiy xolesterin 5 mmol/l dan past bo‘lishi,

- 3 kilometr piyoda yurish yoki o‘rta darajadagi 30 daqiqalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi,

- tuz miqdori kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yeyilishi,

-har kuni 300-500 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavot isteʼmol qilinishi,

-semizlik va qandli diabetning 2-turidan saqlanish,

- stresslardan uzoq bo‘lishi lozim.

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim.

 17,9 mln kishi yurak qon-tomir kasalliklaridan vafot etmoqda

Butun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti saytining xabar berishicha, dunyoda yiliga 17.9 million kishi yurak-qon-tomir kasalliklaridan vafot etyapti. Bu o‘lim hodisasining 31 foizini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, bugungi kunda 31 foiz holatlarda o‘limning sababchisi yurak-qon-tomir kasalliklari bo‘lmoqda.

Ayollarda yurak falaji va xuruji koʻp

BJSS tashkiloti yana shuni ta’kidlaydiki, yurak-qon-tomir tizimidagi kasalliklari tufayli vafot etayotgan kishilarning 75 foizi daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlar aholisiga to‘g‘ri keladi. AQShda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra bugun ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar o‘rtasida yurak falaji va xurujiga uchrash holati tobora ko‘paymoqda.