$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Yurak xastaliklari haqida xabar beruvchi sun’iy intellekt yaratildi

yurak

Buyuk Britaniyada yangi sun’iy intellekt dasturi AIRE (AI-ECG Risk Estimation) sinovdan o‘tkazilmoqda. U yurak xastaliklari haqida ma’lumot beradi. AIRE deb nomlangan SI shifokorlar ko‘zdan qochirishi mumkin bo‘lgan mayda signallarni ko‘ra oladi.

O‘lim xavfini 78 foiz aniqlikda aytib bera oladi

Ma’lum qilinishicha, u oddiy EKG ma’lumotlari asosida kelajakdagi yurak xuruji, aritmiya yoki hatto boshqa kasalliklar sababli o‘lim xavfini 78% aniqlikda bashorat qilish qobiliyatiga ega. Tadqiqotnatijalari The Lancet Digital Health jurnalida chop etilgan bo‘lib, dasturni Imperial Kollej London va boshqa London kasalxonalarida sinab ko‘rishyapti.

Hozirda dastur tajriba jarayonida

Shuningdek, AIRE shifokorlar ko‘zdan qochirishi mumkin bo‘lgan mayda signallarni ko‘ra oladi. Bu tahlil orqali hatto kelajakda rivojlanishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni ham erta bosqichda aniqlash mumkin. Shuningdek, dastur Apple Watch yoki boshqa fitnes-trekerlar ma’lumotlaridan foydalanib, uyda ham monitoring o‘tkazish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

Ushbu texnologiya nafaqat yuqori xavfli bemorlarni aniqlash, balki ularni maqsadli va tezkor davolash imkonini yaratib, umumiy sog‘liqni saqlash samaradorligini oshirishi mumkin. Hozirda dastur klinik tadqiqotlar bosqichida bo‘lib, uning amaliy foydasini aniqlash maqsadida bir necha yuz bemorda sinovlar o‘tkazilyapti.

https://www.imperial.nhs.uk/about-us/news/ai-model-can-predict-health-risks