$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Boysundagi mudhish YTH ga tormozdagi nosozlik sabab boʻlgan

avariya yth

Boysunda “Damas” avtomobili bilan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Oqibatda 6 kishi halok boʻldi. Bu haqda ️Surxondaryo viloyati IIB JXX Axborot xizmati maʼlumot berdi.

Aslida nima boʻlgan

Voqea 2024-yilning 21-aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatga ega “Boysun – Duoba” 4N-1613 avtomobil yoʻlining 7 kilometrda 1974-yilda tugʻilgan haydovchi, boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasida tuman markazi tomon bir necha kilometr tik nishablikda harakatlanishi natijasida transport vositasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda yoʻlning xavfli burilish qismiga yetib kelgan Damas haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib yoʻldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan.

Toqqa dam olishga ketishayotgandi

 Boysun tumanining Padang qishlogʻida toqqa dam olishga ketayotgan, ichida 9 kishi boʻlgan Damas mashinasi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida jarlikka qulab ketdi.

6 kishi vafot etdi

YTH oqibatida 6 kishi – 3 ayol va ularning bittadan farzandi voqea joyida vafot etgan. Halok boʻlgan bolalarning bittasi 14 yoshli yigit, ikkitasi esa 8 va 9 yoshli qizlar. Shuningdek, 1981 va 1985-yillarda tugʻilgan ikki ayol hamda 1974-yilda tugʻilgan erkak ogʻir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli qanday ekanligi maʼlum emas.

Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya

“Harakat ishtirokchilariga togʻli hududlarga sayohatga borishda belgilangan talablarga rioya qilib, transport vositasining texnik holatidan xabardor boʻlib, yetarlicha malakaga ega boʻlgan haydovchilar xizmatidan foydalanishlari tavsiya etiladi” — deyiladi ️Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.