$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Kelajakda insonlar mustaqil fikrlash va yozish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

yozish

Y Combinator asoschisi Pol Grem kelajakda texnologiyalar, xususan, neyrosetlar insonlar aql-idrokiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikricha, 20 yil ichida insonlar mustaqil fikrlash va yozish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin, chunki bu jarayonlarni neyrosetlarga topshirishga ko‘nikib boryapmiz.

Kelajak insonlari fikrlovchilar va tayyor ma’lumotni iste’mol qiluvchilarga bo‘linib qolishadi

Ma’lum qilinishicha, insonlarda chuqur fikrlash jarayonini qo‘llab-quvvatlaydigan asosiy vosita yozish bo‘lib, aynan yozish orqali inson tafakkuri chuqurlashadi va tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. Agar yozish jarayoni neyrosetlarga yuklansa, insonlar fikrlash qobiliyatini yo‘qotib qo‘yishi ehtimoli yuqori. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon insoniyatni ikkiga bo‘lish xavfini keltirib chiqarishi mumkin: fikrlovchilar va tayyor ma’lumotni iste’mol qiluvchilar.

Olimning prognoziga ko‘ra, odamlar vaqti o‘tishi bilan turli vazifalarni neyrosetlarga topshirishga odatlanib boradi. Bugungi kunda neyrosetlar insonlarning har kuni bajarishi kerak bo‘lgan ko‘plab vazifalarni yengillatyapti – matn yozish, tahlil qilish, hatto ijodiy yozishda ham yordam berayotgani kuzatilyapti. Bu jarayon bir tomondan qulay, lekin uning uzoq muddatli ta’sirlari insonlarning intellektual darajasiga zarar yetkazishi mumkin.

Ogohlantirish signali

Kun kelib insoniyat yozishdan voz kechsa, uning fikrlash qobiliyati ham sekin-asta susayishi mumkin. Natijada insonlarning intellektual darajasi pasayib, chuqur fikrlay oladiganlar jamiyatdagi kam sonli guruhga aylanadi. Bu guruh ma’lum bir intellektual va ijtimoiy qadriyatga ega bo‘ladi, chunki mustaqil fikrlash qobiliyati kamdan kam insonlarda qoladi.

Gremning fikricha, hozirgi neyrosetlar rivoji odamlarni fikrlash va yozishdan voz kechishga odatlantiradi va bu haqiqatdan ham xavotirli. Ushbu ma’umotlar jamiyatga aniq xabar yuboradi: intellektual mustaqillikni saqlab qolish muhim va kelajakda yanada qadrlanadigan hodisaga aylanadi.

Agar insonlar o‘z fikrlash qobiliyatini saqlab qolishni xohlasa, neyrosetlarga to‘liq bog‘lanib qolmasdan, yozish va tahlil qilish kabi aqliy faoliyatlarni muntazam davom ettirishlari zarur. Zero to‘liq texnologiyaga qaram bo‘lib qolmasdan ongimizni fikrlashda saqlab qolish, bizni robotga aylanib qolishimizdan asraydi.