$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tarixdagi eng issiq yoz

Termometr

O‘tgan yoz so‘nggi 2000 yillikning eng issiq yozi bo‘ldi. O‘tgan yilgi rekord bu yil yangilanishi kutilmoqda, BBC bu haqida ma’lumot berdi.

Tarixdagi eng issiq yoz

2023-yil tadqiqot qilingan 1850 yildagi eng issiq yoz bo‘lgan edi. Yilning iyun, iyul va avgust oylari o‘tgan 2000 yilning eng sovuq yozlaridan 4 daraja yuqori bo‘lgan. Buni daraxtlar tanasida har yili paydo bo‘luvchi halqalar orqali Kembrij universiteti olimlari aniqlashgan. Ular Alp tog‘laridan Oltoygacha bo‘lgan daraxtlarni o‘rganib chiqishdi. Agarda halqalar qalin bo‘lsa o‘sha yil issiq, qancha ingichka bo‘lsa shuncha sovuq bo‘ladi.

Boshqa eng issiq yozlardan ko‘ra ancha issiqroq

2023-yil yozi “industrial inqilob”dan oldingi 1850-1900-yillardan 2,07 daraja issiqroq, bu esa sanoat rivojlanishining salbiy oqibatlarini ko‘rsatadi. O‘tgan yilning ko‘rsatkichlari eng issiq yoz – 536-yil yoziga nisbatan 3,93 daraja ko‘proq issiq bo‘lgan. Tarixdagi eng issiq 246-yil yozi hozirgi yozlarning “yaqiniga ham kelolmaydi”.

Asosiy sabab – gaz chiqindilari

Guttenberg universiteti professori Yan Esperning aytishicha, iqlimning misli ko‘rilmagan darajada isib ketishiga gaz chiqindilari sababchi. “Biz vaziyatni tezroq hal qilishimiz kerak. Qanchalik uzoq kutsak, shunchalik kech bo‘lib boraveradi, keyin jarayoni yumshatib ham oldini olib ham bo‘lmay qoladi”, - deydi professor.