$
 11902.30
20.7
 13780.48
31.09
 152.18
1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

“Vampir-odamlar” siri: Nega ba’zilar 60 yoshda ham 30 yosh kabi koʻrinishadi?

yosh

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ayrim odamlar 50 yoshda ham yosh ko‘rinadi, boshqalar esa 35–40 yoshidayoq qarigandek bo‘lib qoladi? Gap genlarda, naslda yoki “ommabop krem”larda emas. Sir tananing ichida — hujayralar qanday ishlashi, qanday yangilanishi va qanday himoyalanishida yashirin. Tadqiqotlarga ko‘ra, qarish jarayoni qo‘rqinchli hukm emas, balki boshqarilishi mumkin bo‘lgan jarayon. Eng qizig‘i, oddiy uyqu, ovqatlanish, yengil yurish yoki stressning kamayishi hujayralardagi biologik soatni “sekinlashtira” oladi. Quyidagi maqola orqali tanangizning nima sababdan qarishi va bu jarayonni qanday sekinlashtirish mumkinligini bilib olishingiz mumkin. 

Hujayralarning yangilanishi sekinlashadi

Inson tanasi millionlab hujayralardan iborat va ular doimo yangilanib turadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu jarayon avvalgidek ishlamaydi. Xuddi bir hujjatni ko‘p nusxada chiqarganda sifatning pasayib borishi kabi, hujayralar bo‘linganda ham kichik xatolar yuzaga keladi. Yillar davomida to‘plangan shu kichik xatolar organizmning yoshlikdagidek ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

Telomerlarning qisqarishi — biologik “himoyaqopqog‘i”ning yeyilishi

Qarishning eng asosiy sabablardan biri — DNK uchlarida joylashgan telomerlarning qisqarishidir. Telomerlar hujayrani himoya qiluvchi qopqoq vazifasini bajaradi. Har bir bo‘linishda ular biroz qisqaradi. Juda qisqarganda hujayra yangilanishni davom ettira olmaydi va qarish jarayoni tezlashadi.

Mitoxondriyalar energiya ishlab chiqarishdan“charchaydi”

Tanadagi mitoxondriyalar — bizga energiya beruvchi “elektr stansiyalari” hisoblanadi. Yillar o‘tib ular zaiflashadi, zarar ko‘radi va kamroq energiya ishlab chiqaradi. Natijada odam yoshi ulg‘aygan sayin tez charchaydi, harakatlari sustlashadi va organizmning tiklanishi sekinlashadi.

Tananing o‘zini ta’mirlashi susayadi

Yoshligimizda tanamiz har qanday zarar va kasallikni tez tuzatadi. Masalan, yara tez bitadi, immunitet kuchli, suyaklar tez tiklanadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu “ichki ta’mirlash brigadasi” sustlashadi. Zararlanish ko‘payib, tananing umumiy kuchi pasayadi, natijada qarish jarayoni tezlashadi.

Hayot tarzi — qarishning tezlashuviga yoki sekinlashuviga ta’sir qiluvchi omil

Qarishga faqat biologik jarayonlar emas, balki kundalik odatlar ham ta’sir qiladi. Doimiy stress kortizolni oshirib hujayralarni yomonlashtiradi, uyqusizlik mitoxondriyalarni zaiflashtiradi, ko‘p shakar iste’moli telomerlarni tezroq qisqartiradi, harakatsizlik esa hujayralarni yangilanishdan to‘xtatadi. Shuning uchun hayot tarzi qarish tezligida juda katta rol o‘ynaydi.

Qarish tabiiy, lekin uning tezligi boshqariladigan jarayon

Qarishni to‘xtatib bo‘lmaydi, ammo uni sekinlashtirish mumkin. Harvard Medical School, National Institute on Aging (NIA), Mayo Clinic va Jahon sog‘liqnisaqlash tashkiloti (WHO) kabi yirik ilmiy markazlarning tadqiqotlari ham buni tasdiqlaydi. Stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyqusizlik va kam harakat inson hujayralarining qarishiga eng kuchli ta‘sir qiluvchi omillardan. Shuning uchun to‘g‘ri turmush tarzi tananing “biologik yoshini” yoshroq saqlab turishga yordam beradi.

Sifatli uyqu ichki ta’mirlash tizimining kaliti

Uyqu vaqtida tanada hujayra yangilanishi faollashadi, miya zararli moddalarni chiqarib yuboradi, telomerlar(DNKning himoya uchlari) tiklanishni boshlaydi. Harvard Medical School tadqiqotlariga ko‘ra, har kuni 7–9 soat sifatli uxlaydigan odamlarda telomerlar qisqarishi ancha sekin boradi. Shu sababli yaxshi uyqu qarishning eng kuchli tabiiy dorisi hisoblanadi.

Jismoniy faollik energiya tizimini yosh saqlaydi

Har kuni 30 daqiqa piyoda yurish yoki yengil mashqlar qilish metabolizmni yaxshilaydi, mitoxondriya deb ataladigan “energiya zavodlari”ni faolroq ishlashga majbur qiladi. NIA ma’lumotlariga ko‘ra, faol hayot immun tizimini kuchaytiradi, mushaklar yo‘qolishining oldini oladi va hujayralardagi yallig‘lanishni kamaytiradi, bu esa qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Sog‘lom ovqatlanish hujayralarni himoya qiladi

Qayta ishlangan oziq-ovqatlar, ortiqcha shakar, zararli yog‘lar hujayralarda oksidativ stressni kuchaytiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi. Aksincha, Omega-3 yog‘ kislotalari, rezavor mevalar, ko‘katlar, yong‘oqlar, baliq kabi mahsulotlar hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi. Mayo Clinic mutaxassislari O‘rta yer dengizi parhezini — sabzavot, baliq, zaytun yog‘i asosidagi ovqatlanishni — eng samarali qarishni sekinlashtiruvchi yondashuv sifatida tavsiya qiladi.

Stress — tanani tez qarituvchi yashirin omil

Doimiy stressda kortizol gormoni yuqori bo‘ladi. Bu uyquni buzib, immunitetni pasaytiradi vatelomerlarning qisqarishiga olib keladi. UCLA tadqiqotlariga ko‘ra, uzoq muddatli stress ostida yashovchi odamlarda telomerlar sezilarli darajada tez qisqaradi. Meditatsiya, tabiatda sayr qilish, chuqur nafas olish, oilaviy qo‘llab-quvvatlash qarishni sekinlashtirishda muhim hisoblanadi.

Quyoshdan himoya terining yosh ko‘rinishida asosiy omil

Teri qarishining 80 foizi quyoshning UV nurlari bilan bog‘liq ekani Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan. UV nurlari kollagenga zarar yetkazadi va erta ajin tushishiga sabab bo‘ladi. SPF kremidan muntazam foydalanish qarishni sekinlashtirishda eng oddiy va samarali choradir.

Zararli odatlar qarishni tezlashtiruvchi asosiy dushman

Chekish hujayralarga bevosita zarar yetkazib, oksidativ stressni oshiradi va terining tez ajinlanishiga olib keladi. Spirtli ichimliklar esa jigar faoliyatini susaytirib, organizmning toksinlarni yo‘qotish qobiliyatini kamaytiradi. Harvard sog‘liqni saqlash bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, chekishdan voz kechish telomerlar tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat