$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

1 sotix yer narxi — 352 mln. so‘m: 2024-yil ko‘chmas mulk bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Uy

Markaziy bank O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 2024-yil qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tahlil qildi.

Toshkent shahridagi yer narxining yillar kesimida o‘zgarishi 

Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan yili Toshkentda bir sotix yer narxi 352 mln. so‘mni tashkil qilgan. Poytaxtda yer narxi boshqa hududlar bilan solishtirganda ancha yuqoriligicha qolmoqda. Misol sifatida, o‘tgan yili Toshkent viloyatida 1 sotix yer narxi o‘rtacha 100 mln. so‘mni tashkil qilgan. Toshkent shahrida yer narxi so‘nggi uch yil oxirida quyidagicha o‘zgarishga uchragan:

  • 2022-yil — 263 mln. so‘m; 
  • 2023-yil — 362 mln. so‘m;
  • 2024-yil — 352 mln. so‘m. 

Ko‘chmas mulk bozoridagi o‘zgarish

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2024-yil davomida yangi uylar narxi so‘mda 11,4 foizga, dollarda 6,7 foizga oshgan. Eski uylar narxi esa 6,3 foiz (so‘mda) va 1,8 foizga (dollarda) ko‘tarilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi 2023-yilga nisbatan sezilarli sekinlashgan bo‘lsa-da, 2025-yilda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmayapti.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga mos ravishda Markaziy bankning 2023 yilgi ko‘chmas mulk uchun hisobotiga ko‘ra, Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1 212 dollarga yetgan (2022-yilda 933 dollar).

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot