$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yashil makon” umummilliy loyihasi xalqaro tanlovda g‘olib deb topildi

y 10 3

O‘zbekistonda yashillik darajasini oshirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi Yerevanda bo‘lib o‘tgan “Yashil Yevroosiyo” ikkinchi xalqaro iqlim tanlovida “Yangi iqlim sharoitida qishloq va o‘rmon xo‘jaligi” nominatsiyasida g‘olib deb eʼtirof etildi. Bu haqdaEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi maʼlum qildi.

Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ikkita loyihasi g‘olib loyihalar qatoridan o‘rin oldi. Bular "Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Green University” (“Iqlim sohasida ma’rifat va ta’lim” nominatsiyasi).  

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari murojaati

O‘zbekistonda yashillik darajasini oshirish bo‘yicha 5 yildan beri amalga oshirilayotgan ishlar tanlov komissiyasi a’zolarida iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari Baxitjan Sagintayev tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga videomurojaat yo‘lladi. 

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining har bir davlati iqlim bo‘yicha kun tartibi doirasida o‘z xalqaro majburiyatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuning uchun “Yashil Yevroosiyo” tanlovini mamlakatlar tomonidan ushbu sohada erishilayotgan milliy yutuqlarning oʻziga xos namoyishi deb hisoblash mumkin. Bu yutuqlar uglerod ishlab chiqarish va chiqindilarni kamaytirish uchun texnologiyalarni keng xalqaro almashish va foydalanishga qaratilgan. Global maqsadlarga erishishga salmoqli hissa qo‘shayotgan, shuningdek, umumiy kelajagimizni yaxshilashga ko‘maklashayotgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirmoqchiman”, — dedi Baxitjan Sagintayev.

Oʻzi bu qanday loyiha?

Maʼlumot uchun, "Yashil makon" umummilliy loyihasi davlat rahbari tashabbusi bilan boshlandi va yaxshi anʼanaga aylandi. Loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizga yetkazish maqsad qilingan.