$
 12003.18
13.09
 13987.31
12.86
 156.68
-1.27
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yashillashayotgan” O‘zbekiston: Mamlakatning qayta tiklanuvchi energiyasi samara beryaptimi?

Yashil Foto: Daryo

Energetika vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yil boshidan beri qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali 10 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.

Quyosh va shamol stansiyalari

Ushbu yangi rekord ko‘rsatkich 8-dekabr kuni soat 17:00 da qayd etilgan. Hozirda mamlakatda umumiy quvvati 5582 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari faoliyat yuritmoqda. So‘nggi bir yarim oy ichida yangi obyektlarning ishga tushirilishi natijasida ularning quvvati yana 900 MVtga oshdi.

O‘tgan 1,5 oy davomida qo‘shimcha 1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bungacha eng yuqori natija — 9 mlrd kVt/soat — 22-oktabrda qayd etilgan edi.

2,7 mlrd kub gaz

Qayta tiklanuvchi energiya hisobiga O‘zbekiston 2,7 mlrd kub metr tabiiy gazni tejadi, shuningdek, atmosferaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan 4,4 mln tonna zararli moddaning oldi olindi.

Gidroelektr stansiyalari ulushini ham inobatga olganda, 8-dekabr soat 17:00 ga kelib qayta tiklanuvchi manbalar orqali ishlab chiqarilgan umumiy elektr energiyasi hajmi 16 mlrd kVt/soatni tashkil etdi.

Energetika vazirligi qayd etishicha, ushbu “yashil” energiya miqdori 6,6 mln xonadonning yillik ehtiyojini to‘liq qoplay oladi.

Yillik ko‘rsatkichlar taqqoslanishi

  • 2022-yil: Navoiy va Samarqanddagi birinchi fotoelektr stansiyalar 434 mln kVt/soat ishlab chiqargan.
  • 2023-yil: Umumiy ishlab chiqarish 576,9 mln kVt/soatni tashkil etgan.
  • 2024-yil: Ushbu ko‘rsatkich keskin oshib, 4,86 mlrd kVt/soatga yetgan.
Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot