$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlayotgan TOP-10 korxona eʼlon qilindi

Oʻzbekiston ayollarni eng koʻp ish bilan taʼminlayotgan 10 ta ish beruvchidan 4 tasi xususiy korxonalar hisoblanadi.

Bandlik vazirligi xotin-qizlarni eng koʻp ishga olgan korxonalar oʻntaligini maʼlum qildi.

Roʻyxatning eng kuchli uchligi

Roʻyxatni Navoiy kon-metallurgiya kombinati ochib beradi: kombinat xodimlaridan 12 444 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi (jami xodimlari – 48 266 nafar).

OKMKdan tashqari, “UzTex Group” MChJ ham 10 mingdan ortiq xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan: tekstil kompaniyasida 11 511 nafar ayollar va qizlar mehnat qilmoqda.

Eng koʻp xotin-qizlarni ishga olgan korxonalar uchligiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yakun yasab beradi: 8 234 nafar.

Toʻliq roʻyxat

1. “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ — 12 444 nafar

2. “UzTex Group” MChJ — 11 511 nafar

3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 8234 nafar

4. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ — 5217 nafar

5. “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ — 4 730 nafar

6. “Anglesey Food” MChJ — 4640 nafar

7. “Oʻzbektelekom” AJ — 4424 nafar

8. “Zarafshon Tekstil” MChJ — 3882 nafar

9. “Navoiyazot” AJ — 3422 nafar

10. “Urgut Silk Fiber Company” MChJ 3337

10 ta ish beruvchidan 4 taksi xususiy korxona

Roʻyxatdagi UzTex Group, Anglesey Food, Zarafshon Tekstil va Urgut Silk Fiber Company xususiy korxonalar hisoblanadi.

"Ushbu korxonalar xususiy sektorga taalluqli boʻlib, ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ham ilgʻorlardan sanaladi", - deyiladi xabarda.