$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda zamonaviy Xokkey sport majmuasi quriladi

xokkey

Toshkent shahrida innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejovchi materiallardan tashkil topgan zamonaviy muz saroyini o‘z ichiga oluvchi xokkey sport majmuasi quriladi.

Qarorning amaliyotga tadbig‘i

Sport vazirligi tomonidan xokkey sport turini rivojlantirish va ommalashtirishga doir Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Belgilangan loyihaga binoan, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat xokkey ta’lim yo‘nalishiga qabul qilish kvotalarini haqiqiy tarzda qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuning bilan birga, zamonaviy xokkey sport majmuasi barpo etiladi hamda O‘zbekiston xokkey federatsiyasiga 49 yil muddatga boshqaruv uchun topshiriladi.

Imtiyoz

Ma’lum qilinishicha, tadbirkorlik subyektlariga xokkey sport turi uchun inshootlarini barpo etish bo‘yicha amalga oshiradigan loyihalariga, istisno tarzda, Markaziy bank asosiy stavkasida "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ, "Asakabank" AJ va "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan milliy valyutamizda 5 mlrd. so‘mgacha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda imtiyozli kredit beriladi.