$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishda ta’sirchan xodimlarning ko‘p va samaraliroq ishlashi aniqlandi

xodim

Ish qidirayotgan insonlar o‘zlarini rezyumeda stressga chidamli deb ko‘rsatishadi. Lekin yapon olimlari olib borgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, hissiyot va xavotirga moyil xodimlar ko‘proq samaradorlik ko‘rsatishadi.

Ta’sirchan insonlar eng mas’uliyatli xodimlar

Ma’lum qilinishicha, tadqiqotda 18 yoshdan katta bo‘lgan 296 nafar ishlovchi kattalar ishtirok etdi. Olimlar ularning shaxsiy xususiyatlari va ishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazishdi.

Jarayonda ma’lum bo‘ldiki, yuqori ta’sirchanlikka ega bo‘lganlar (umumiy so‘rovda qatnashganlarning 26 foizi) o‘z hamkasblariga nisbatan e’tiborliroq va jamoada mustahkam aloqalar o‘rnata olishlari ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, aynan shu guruh eng mas’uliyatli ishchilar ekanligi aniqlandi.

Rahbarlar hissiyotga beriluvchan xodimlarga ko‘proq e’tibor berishi kerak

Shuningdek, xodimlarning bir qismi ishda yuqori darajadagi stressga duch kelishi mumkin. Shunga qaramay, yuqori hissiyotga ega odamlar stressga ko‘proq beriluvchan bo‘lsa-da, ularning empatiya darajasi yuqori bo‘lgani uchun, bu xususiyat ayniqsa interfaol munosabatlarni talab qiluvchi lavozimlarda tashkilotlar uchun qimmatli aktivga aylanadi, — deb ta’kidlashdi olimlar.

Tadqiqot mualliflari rahbarlarga tez-tez stress holatiga tushuvchi xodimlarga yaqindan e’tibor berishni va ularni kompaniyada saqlab qolishga harakat qilishni maslahat berdilar. Ular biznesning samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ta’sirchan va hissiyotga beriluvchan ish xodimlar o‘z ishiga puxta yondashadi va mukammal qilib yakuniga yetkazadi. Olimlar ta’sirchan bo‘lishga nuqson kabi qaramaslikni ta’kidlashmoqda.