$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Xalqaro Jinoiy sud Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi

Binyamin Netanyahu

Xalqaro jinoiy sud Netanyahu va Galant 2023-yil 8-oktyabrdan 2024-yil mayigacha G‘azo sektorida sodir etilgan “harbiy jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkin”, deb hisobladi. 

XJS bayonoti

Xalqaro jinoiy sud bayonotida Isroil G‘azo sektorida urush usuli sifatida ochlik, tinch aholini o‘ldirish, quvg‘in va boshqa g‘ayriinsoniy jinoiy harakatlarni amalga oshirgani qayd etilgan. Shu bilan birga, Netanyahu va Gallantni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami, jumladan, suv, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berishni cheklab qo‘yganlikda gumon qilish uchun jiddiy sabablar borligi alohida ta’kidlangan. Endilikda Netanyahu Rim statusini tan oladigan davlatlarga borsa hibsga olinishi kerak bo‘ladi.

“Keskin javob”

Tashkilot bayonotida yana qayd etiladiki, HAMAS guruhining harbiy qanoti yetakchisi, Muhammad Ad-Deyf nomi bilan tanilgan Muhammad Diab Ibrohim al-Masriyni hibsga olishga ham order berilgan. SAXAL 2024-yil avgust oyida G‘azo sektorining Xon Yunis hududidagi zarba natijasida Deyf halok bo‘lganini e’lon qilgan edi. Joriy yilning may oyida Xalqaro Jinoiy sud prokurori Karim Xon Netanyahu, Galant va HAMASning uch yetakchisini G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilganliklari uchun hibsga olish uchun order berishni hamda 2023-yil 7-oktyabrda HAMASning Isroilga hujumiga nisbatan “keskin javob” berishni so‘ragan edi.