$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar qanday baholandi?

keksalar

IHRI yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmatlarni baholash bo‘yicha yangi tadqiqotni yakunladi. Unga ko‘ra, xizmatlardan qoniqish darajasi yuqori bo‘lsa-da, foydalanuvchilarning ba’zi qo‘shimcha ehtiyojlari aniqlangan.

Tibbiy xizmatlarga ehtiyoj oshmoqda

Tadqiqot davomida xizmatlardan umumiy qoniqish darajasi o‘rtacha 4,71/5 ball bilan baholandi, bu esa xizmatlarning sifat darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar tibbiy xizmatlar, ayniqsa, massaj kabi xizmatlarni yaxshilashni zarur deb bilishmoqda. Respondentlarning 43 foizi aynan shu jihatni ta’kidlagan.

Pullik xizmatlarga qarshilik kuchli

Shuningdek, 22 foiz respondentlar xizmat ko‘rsatish vaqti haqida aniq ma’lumot yetishmasligini bildirgan. Bu esa xizmat ko‘rsatish jarayonida ochiqlik va rejalashtirishni yanada yaxshilash zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda, xizmatlarning bepul bo‘lishi masalasi ham dolzarb. Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 77 foizi pullik xizmatlarni joriy etishga qarshi chiqmoqda. Bu aholining xizmatlar bepul bo‘lishiga katta e’tibor qaratishini va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni saqlab qolish uchun tizimni barqaror qilish zaruriyatini anglatadi.

Теги :
Jamiyat