$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

iPhone va Android o‘rtasidagi muloqot xavfsiz emas

ayfon

iPhone va Android o‘rtasidagi muloqot xavfli bo‘lishi mumkin. FQBning ta’kidlashicha, ushbu qurilmalar o‘rtasidagi muloqotlar xakerlar tomonidan osonlik bilan kuzatilishi mumkin ekan.

Oddiy telefon qo‘ng‘iroqlari va SMSlarda shifrlash tizimi mavjud emas

Ma’lum qilinishicha, qo‘ng‘iroqlar va SMS xabarlari biz o‘ylaganimizdek xavfsiz emas ekan. FQB ma’lumotiga ko‘ra, iPhone va Android qurilmalari o‘rtasidagi muloqotlar xakerlar tomonidan osonlik bilan kuzatilishi mumkin. Ular siz kimga, qachon va nima yozganingizni bilish imkoniyatiga ega.

Chunki oddiy telefon qo‘ng‘iroqlari va SMSlarda shifrlash tizimi mavjud emas. Bu ma’lumotlarni o‘g‘irlashni osonlashtiradi, shu bilan birga shaxsiy suhbatlaringiz boshqa qo‘llarga tushib qolishi xavfini oshiradi.

Zamonaviy messenjerlar — eng yaxshi himoya

Shuningdek, mutaxassislar eng yaxshi himoya — zamonaviy messenjerlardan foydalanish deya maslahat berishadi. Messenjerlardagi suhbatlar uchinchi shaxslar tomonidan o‘qilmaydi. Masalan, WhatsApp, Signal va Telegram kabi platformalar maxsus shifrlash texnologiyasidan foydalanadi. Ba’zi messenjerlar qo‘shimcha himoya uchun parol qo‘yish yoki xabarlarni vaqt o‘tishi bilan o‘chirish imkonini ham beradi.

Shuning uchun ham shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun oddiy SMS va telefon qo‘ng‘iroqlari o‘rniga xavfsiz messenjerlardan foydalaning. Bu nafaqat shaxsiy suhbatlaringizni muhofaza qiladi, balki hakerlar uchun sizga daxl qilishni juda qiyinlashtiradi.