$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Tanlov paradoksi: onlayn do‘konlardagi tovarlar xilma-xilligi xarid darajasini pasaytiradi

xarid

Onlayn do‘konlarda cheksiz mahsulotlar o‘z-o‘zidan mijozlarni xursand qilishga qodir emas, aksincha, bu xaridorlar orasida qaror qabul qilishni qiyinlashtirishi mumkin. Bu holat “tanlov paradoksi” deb ataladi va u ko‘pincha xaridorlarni adashtirib qo‘yadi, bu esa savdo konversiya darajasini pasaytiradi. 

Mijozlar savdo jarayonini yarim yo‘lda to‘xtatib qo‘yishadi

Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘lmoqdaki, mahsulotlar assortimenti haddan tashqari ko‘p bo‘lgan saytlar savdo hajmini kamaytiradi, chunki mijozlar qaror qabul qilishdan charchab, savdo jarayonini yarim yo‘lda to‘xtatib qo‘yishadi.

Kolumbiya universitetining tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, tanlovlar ko‘p bo‘lganda xaridorlarning faqat 3 foizi xaridni amalga oshirgan, holbuki cheklangan tanlov taklif qilinganida bu ko‘rsatkich 30 foizga yetgan. Ushbu holatda natijasida yuzaga keladigan “qaror qabul qilish falaji” bu jarayonning asosiy sababi hisoblanadi.

Xaridorlarga bu borada qulayliklar yaratilishi kerak

Shuningdek, mutaxassislarning tavsiyasiga binoan, do‘konlar mijozlarga moslashtirilgan tavsiyalar, filtrli qidiruv tizimlari va mahsulot turlarini cheklash orqali tanlov jarayonini yengillashtirishlari mumkin. 

Bu usullar nafaqat mijozlarning qaror qabul qilish vaqtini qisqartirib, balki umumiy xarid qilish tajribasini ham yaxshilaydi. Ushbu harakatlarning barchasi mijozlarning tanlov xaridida ikkilanmasligi va qaror qabul qilishini soddalashtirish uchun amalga oshirilishi lozim.