$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Byudjet mablag’lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar aniqlandi

xarajat

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Hisob palatasi mas’ul xodimi Sardor Usmonovning ta’kidlashicha, byudjet mablag’lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik noqonuniy va ortiqcha xarajatlar aniqlangan.

Hududlarda undirish choralari ko‘rilmoqda

Ma’lum qilinishicha, hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi tomonidan vazirliklarda avtomatik ravishda aniqlangan risklardan 395 milliard so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi.

54,5 milliard so‘m ortiqcha va noqonuniy xarajatlarning oldi olingan;

davlat byudjetiga 3,6 trillion so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, hozirda undirish choralari ko‘rilmoqda;

3 ming 200 ta shartnoma qonun talablariga zid ravishda tuzilgan

byudjet mablag‘lari hisobidan 177 milliard so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmaslik choralari ko‘rilgan.

Davlat xaridlari tahlil qilinganda 3 ming 200 ta shartnoma qayd etilgan qonun talablariga zid ravishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda tuzilganligi aniqlangan. Shundan 9 tasida 1,9 milliard so‘mga qimmat narxlar va 1,5 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.