$
 12051.71
88.93
 14008.91
121.32
 154.69
0.75
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilmoqchi

FIFA

Sport tadbirlari, xususan Jahon chempionati kabi yirik musobaqalar odatda millatlararo birdamlik va raqobat ruhini targ‘ib qiladi. Biroq, bugungi siyosiy keskinliklar ularni zamonaviy geopolitik muhitda yanada murakkab masalaga aylantirmoqda. Noroziliklar, siyosiy bayonotlar va global munozaralar Jahon chempionati atrofidagi jamoatchilik kayfiyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda.

So‘nggi haftalarda xalqaro sport maydonidan tashqarida qizg‘in siyosiy bahslar avj olyapti. Xususan, 2026‑yilgi FIFA Jahon chempionati va Qo‘shma Shtatlar atrofidagi global siyosat kesishmoqda — bu esa yirik turnirga nisbatan boykot yoki norozilik kampaniyalarini keltirib chiqarishi mumkin.

Grenlandiya da’volari va Yevropada Jahon chempionatini boykot qilish muhokamasi

Ba’zi Yevropa siyosatchilari va jamoatchilik namoyandalari Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning Grenlandiya orolidagi siyosiy pozitsiyasi, jumladan bu hududni strategik nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish haqidagi bayonotlari oqibatida 2026‑yilgi Jahon chempionatini AQShda o‘tkazilishiga norozilik bildirmoqda. Bu muzokaralar ayrim Yevropa mamlakatlarida turnirni boykot qilish takliflarini keltirib chiqargan, va muhokama qilinmoqda.

Tramp yaqinda NBC telekanalida Grenlandiyani kuch bilan egallash ehtimolini to‘liq inkor etmagani Yevropa siyosiy doiralarida keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Yevropa yetakchilari Grenlandiyaning kelajagi mahalliy aholi va Daniya bilan muzokaralarda hal qilinishi kerakligini bayon etmoqda va bu turli noroziliklar, jumladan Jahon chempionatini boykot haqida ochiq muhokamalarni kuchaytirdi.

Jahon chempionati: stadionlardan siyosatga

2026‑yilda AQSh, Kanada va Meksika qo‘shma mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tadi. Dastlab oddatdagidek 32 jamoa bilan rejalashtirilgan turnir final bosqichida, 2017‑yilda FIFA rahbari Janni Infantino e’lon qilgan qarorga binoan 48 jamoa ishtirok etadi. Bu yirik sport tadbirining dolzarb siyosiy kontseptsiyalar bilan bog‘lanayotganini ko‘rsatmoqda.

17 000 muxlis boykoti

Bundan bir necha kun oldin taxminan 16 800–17 000 nafar kishi Jahon chempionati o‘yinlariga olingan chiptalarini bekor qildi. Ushbu qarorlarni muxlislar AQSh siyosatidan, ayniqsa Venesuela va migrantlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatdan norozilik bilan izohlagan.

Global platformalardagi ko‘plab sharhlovchilar buni turnirga bormaslikdan ko‘ra, ramziy boykot sifatida baholagan edi. FIFA rahbariyati esa ushbu qarorlarga rasmiy bayonot sifatida sotib olingan chiptalar qaytib olinmasligini ta’kidlagan edi. 

AQShning Moskva olimpiadasini boykot qilishi: Sabablar va siyosiy fon

Zamonaviy sport tarixidagi eng katta boykot 1980-yilgi Moskva Olimpiadasi bo‘lgan. Unda AQSh prezidenti Jimmi Karter Sovet Ittifoqining 1979-yil oxirida Afg‘onistonga qo‘shin kiritishi ortidan bu qarorni e’lon qilgan. U SSSR qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqmaguncha, AQSh sportchilarini Olimpiadaga yubormasligini bildirgan. Karter bu tashabbusni xalqaro hamjamiyatga ham targ‘ib qilishi oqibatida Yaponiya, Kanada, G‘arbiy Germaniya, Xitoy kabi 60 ga yaqin davlat to‘liq yoki qisman boykotga qo‘shilgan. Ayrim Yevropa davlatlari esa rasmiy davlat bayrog‘i va madhiyasidan voz kechib, Olimpiya bayrog‘i ostida ishtirok etishgan. Bu qaror Sovuq urush davridagi geopolitik taranglikni yanada chuqurlashtirdi va sport maydonini siyosiy qarama-qarshiliklar sahnasiga aylantirgandi.

Boykotning oqibatlari va Olimpiya harakatiga ta’siri

Boykot birinchi navbatda sportchilarning o‘ziga katta ta’sir ko‘rsatgan. Minglab amerikalik sportchilar faoliyatining eng muhim cho‘qqisini tashkil etgan Olimpiadada qatnashish imkonidan mahrum bo‘lgandi. AQSh Kongressi keyinchalik ularga faxriy medallar topshirgan bo‘lsa-da, musobaqaga chiqishning o‘rnini hech narsa bosa olmadi. 1980-yilgi boykot, shuningdek, SSSRning javob chorasi sifatida 1984-yil Los-Anjeles Olimpiadasini Sharqiy blok davlatlari bilan birga boykot qilishi bilan yakun topdi. Bu ikki tomonlama sport ziddiyati Olimpiya harakati tarixida siyosiy bosimning eng yorqin misollaridan biri sifatida esda qoldi. Shunga qaramay, Moskva o‘yinlari reja bo‘yicha o‘tkazilgan va SSSR sportchilari raqobatchilar sonining kamayishi tufayli rekord miqdorda medallarni qo‘lga kiritgan. Bu voqea sportning siyosatdan mustaqil bo‘lishi haqidagi tushunchalarni qayta ko‘rib chiqishga majbur etib, global sport tadbirlarining xalqaro siyosat bilan qanchalik chambarchas bog‘liq ekanini yaqqol namoyon qilgan.

Global norozilik va sportning kelajagi

Bugungi kunda ham keyingi oylar sport va siyosat o‘rtasidagi bu nozik muvozanat qay darajada saqlanishi, va Jahon chempionatining global ahamiyati qanday saqlanib qolishi jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib qoladi.

Теги :
Jamiyat
Siyosat