$
 12175.53
-4.28
 14151.62
12.08
 155.08
-1.65
weather
+26
Кечаси   +14°

Bozor, ko‘cha, uy va yo‘l so‘ngida qalblarga — 8-mart O‘zbekiston "gulladi"

gulbozor1

8-mart — Xotin-qizlar kuni arafasida Toshkent ko‘chalari gul ko‘targan qo‘llar va mamnun qiyofadagi odamlar bilan to‘ladi. Gullar nafaqat sovg‘a, balki e’tibor va hurmat ramzi sifatida xarid qilinadi. Shu sababli har yili 8-martda yaqinlarga gul sovg‘a qilish o‘ziga xos an’anaga aylangan.

Toshkentdagi ulgurji narxlari va keng tanlov imkoniyati bilan mashhur "Uch qahramon" gul bozoridan fotoreportaj tayyorladik.

Bayram kuni bo‘lishiga qaramay, bozorda savdo qizg‘in. Iliq havo va bayram kayfiyati bozorga yanada jon kiritgan. Rang-barang gullar bilan to‘la rastalar xaridorlar bilan gavjum. Kimdir gul tanlayapti, kimdir allaqachon chiroyli guldasta topganidan xursand. Yana kimdir esa gul ko‘targancha yaqinlarini xursand qilish uchun shoshilgancha bozorni tark etyapti. 

Savdo qizg‘in pallaga kirgan. Rastalar ko‘p bo‘lishiga qaramay, deyarli har birida xaridorlar yetarli. Sotuvchilarning aytishicha, gullarning aksariyati o‘z issiqxonalarida yetishtirilgan, ayrimlari esa chetdan keltiriladi. Shu sababli bozorda turli navdagi har xil gullarni topish mumkin.

Albatta, bayram kuni narx masalasi ham muhokamalardan chetda qolmaydi. Ba’zilar chiroyli gul topganidan xursand, narxlarning oshishini tabiiy hol deb hisoblashini aytdi. Ayrim xaridorlar esa bayram kuni narxlar biroz ko‘tarilganidan norozi.

Shunga qaramay, bozordagi umumiy kayfiyat bayramona. Rang-barang gullar, gavjum rastalar va quvonchli yuzlar Toshkentda 8-mart qanday nishonlanayotganini yaqqol ko‘rsatadi.


Dildora Turobjonova,

UZ24.uz uchun tayyorlandi.

gulbozor20
gulbozor19
gulbozor18
gulbozor17
gulbozor16
gulbozor14
gulbozor13
gulbozor12
gulbozor11
gulbozor10
gulbozor9
gulbozor8
gulbozor7
gulbozor6
gulbozor5
gulbozor4
gulbozor3
gulbozor2
gulbozor1
Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot