“Bizdan bahor begonadir borgan sari” — fotojamlanma
Bahor allaqachon kelib bo‘lgandek edi. Daraxtlar gullab, hovlilar va xiyobonlar yashil tusga kirgan, qurt-qumursqalar inlaridan chiqib, yer yuzida yana hayot qaynay boshlagan, insonlar esa qalin kiyimlarni yig‘ishtirib, yengil liboslarga o‘tgandi. Shoshqin Toshkent ko‘chalarida bahorning iliq nafasi sezilib, shahar odatdagi tezkor ritmida yashashda davom etayotgandek edi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ammo tabiat yana bir bor o‘z injiqligini namoyon etdi. Mart oyining ikkinchi haftasida kutilmaganda qish qaytib, osmondan laylakqorlar yog‘a boshladi. Bir necha kun avval gullarga burkangan daraxt shoxlariga endi oppoq qor qo‘ndi. Bahor kayfiyati hukm surayotgan poytaxt bir lahzada sovuq qish kartinasiga ko‘chdi.

Shoshilib o‘tayotgan avtomobillar, ishga shoshayotgan odamlar va gavjum chorrahalar ustidan esa mayin qor yog‘ishda davom etdi.

Fotograf Xolida Musulmon UZ24.uz aynan bahor nafasi bilan qorishgan qor manzaralarini tarixga muhrladi.