Qishning bir kuni ham qish — fotoreportaj
Bugun Toshkent shahri odatdagidan sokinroq edi. Kun davomida yog‘gan qor ko‘chalarni oppoq xotiraga o‘rab qo‘ygandek. Mashinalar iz qoldirib o‘tmoqda, piyodalar esa ehtiyotkor qadam tashlayapti.
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Toshkent shahri odatdagidan sokinroq edi. Kun davomida yog‘gan qor ko‘chalarni oppoq xotiraga o‘rab qo‘ygandek. Mashinalar iz qoldirib o‘tmoqda, piyodalar esa ehtiyotkor qadam tashlayapti.
Qor yog‘ishi bilan shahar ritmi biroz sekinlashdi. Kimdir sovuqdan yuzini yashiradi, kimdir telefonini chiqarib bu kamyob lahzani suratga oladi. Bolalar uchun esa bu oddiy kun emas qorga burkangan bayram.













Men bugun Toshkentni shunday holatda ko‘rdim: chang-g‘ubordan tozalangan, quvonchga to‘la, uzoq esda qoladigan manzara.
Xolida Musulmon



