$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Diyora Keldiyorovaning Uta Abe bilan bo‘lgan jangi “Yil voqeasi” deb topildi

Diyora

O‘zbekistonlik dzyudochi, Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibi Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan yil voqeligi sovrini bilan taqdirlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

 Diyora va uning murabbiyi taqdirlandi

Xususan, Diyora Keldiyorovaning Parij Olimpiadasida nimchorak final bahsida yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi “Yil voqeligi” deb topildi. Shuningdek, Diyoraning murabbiyi Marko Shpitka “Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Xalqaro federatsiya g‘oliblarni 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlagan

Bunda:

“Bolalar uchun dzyudo nominatsiyasi”da Fransiya;

“Tinchlik uchun dzyudo” yo‘nalishida Janubiy Afrika;

“Yil voqeligi” — Diyora Keldiyorovaning yengilmas raqibi Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi;

Yilning eng yaxshi murabbiylik yutug‘i— Diyora Keldiyorovaning murabbiyi Marko Shpitka (ayollar o‘rtasida), Fransiyalik murabbiy Baptiste Leroy (erkaklar o‘rtasida);

“Yangi yulduz” — Jon Benjamin Gava (Fransiya);

“Yil dzyudochisi” — Hidayat Heydarov (Ozarbayjon);

“Ayollar o‘rtasidagi yil dzyudochisi” — Krista Deguchi (Kanada)

“Yil ipponi” nominatsiyasida Teddi Reyner (Fransiya) g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan ayol sportchi hisoblanadi. Shuningdek, Keldiyorovagacha o‘zbekistonlik ayol dzyudochi Olimpiadada sovrindor bo‘lmagan.