$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozog‘istonliklar Shengen vizasi olishda o‘zbekistonliklarni 4 barobarga ortda qoldirdi

Shengen vizasi

Yevropa Komissiyasi tomonidan e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra, 2023-yilda Yevropa Ittifoqi va Shengen davlatlarining konsulliklari qisqa muddatli (90 kunlik) vizalar uchun 10,3 milliondan ortiq ariza qabul qilgan. Bu 2022-yilga nisbatan (7,5 million) 37% o‘sish demakdir, ammo bu Koronavirus pandemiyasidan oldingi 2019-yildagi arizalar sonidan (17 million) ancha kam.

Qozog‘iston statistikasi

Jami 18 ta Yevropa elchixonasi (Avstriya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Slovakiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shveysariyada va Estoniya) qozog‘istonliklarning 159 072 ta arizasini qabul qildi. Shundan 90%, ya’ni 144 129 ta so‘rov qanoatlantirildi. Bu borada Gretsiya qozoqlarga eng kam rad javob bergan mamlakat – atigi 1,8%, ya’ni 9674 arizadan 9462 tasi qabul qilindi. Eng sovuq munosabatni esa Norvegiya ko‘rsatdi, 55% arizalar rad etildi, - deydi NewTimes.kz.

O‘zbekistondan oldinda

Taqqoslash uchun, bu davrda aholisi 1,8 barobar ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining 38 333 ta arizasi qabul qilingan. Qozog‘istonliklar o‘zbekistonliklarga qaraganda 4 barobar ko‘proq Shengen vizasi olishgan. Jami hisobda O‘zbekiston fuqarolari 2023-yili 2022-yilga (39,5 ming) nisbatan 17,7 foiz ko‘p ariza topshirgan. Qanoatlantirilmagan arizalar ulushi qo‘shnilarda 10 foizga ham bormaydi, o‘zbekistonliklarning esa 16,5 foiz arizasi rad etilgan.

Nega o‘zbeklarni rad etishgan?

Rad etishning asosiy sababi sifatida arizachilarning to‘liq hujjat taqdim etmasligi, yolg‘on ma’lumotlar berishi yoki noto‘g‘ri elchixonaga murojaat qilishi ko‘rsatiladi. Umuman olganda, xursand bo‘lish uchun sabab ham bor: O‘zbekistonning natijalari boshqa 3 ta Markaziy Osiyo respublikalariga nisbatan yaxshiroq.