$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya deputati O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilishni taklif qilmoqda

viza

Rossiyalik deputat Sergey Mironov O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulligi fuqarolarimizni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani sababli O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish lozimligini aytdi. Bu haqda u o‘zining X platformasidagi sahifasida ma’lum qildi.

U nimalar degan?

— O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi saflariga qo‘shilmaslikka chaqirdi. Nega ular sizni onalik uchun suyunchi pulini olmaslikka undamadilar? – deb yozadi u. — Boshqa imtiyozlardan foydalanish mumkin, lekin sizni boqayotgan mamlakatni himoya qilish mumkin emas. Viza rejimi bilan hammasi hal bo‘ladi! Bunday “fuqarolar” bizga kerak emas.

Rossiyada ham ushbu qonun mavjud

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksida ham boshqa davlat armiyasida xizmat qilish taqiqlangan. Buning uchun 12 yildan 18 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo‘llaniladi.