$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident aprel oyida qayerlarga tashrif buyurdi?

visits

UZ24 o‘tgan oylar davomida davlat rahbarining respublika bo‘ylab turli tashriflarni bir joyga jamlab, e’tiboringizga havola qilishni odat qilgan edi. Xo‘sh, prezident aprel oyi davomida qayerlarga tashrif buyurdi-yu, qanday videoselektorlar o‘tkazdi?

3-aprel. Toshkent shahri hokimi tasdiqlandi

Aprel oyidagi ilk yig‘ilish Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘ldi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Toshkent shahri hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Buronovich Umurzoqov nomzodini tavsiya etdi. Shahar hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi. 

Bank filiallari tadbirkor mijozlarga kredit berayotganda fuqarolarni ishga olish sharti bilan kredit foizini kamaytiradigan tizimni joriy qilish taklif qilindi. Shuningdek, davlat rahbari mahallalar o‘rtasida tanlov o‘tkazib, yil yakuni bilan eng namunali mahallaga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobil sovg‘a qilish tashabbusini bildirdi.

9-aprel. Jizzax viloyatiga tashrif

9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzaxda yig‘ilish o‘tkazildi va viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladi.

So‘nggi yetti yilda Jizzaxda katta o‘zgarishlar bo‘lgani ta’kidlanib, biroq iqtisodiyotni yangi bosqichga ko‘tarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani tanqid qilindi. Prezident viloyat bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi.

16-aprel. To‘qimachilik sohasiga oid videoselektor

16-aprel kuni Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tarmoqdagi dolzarb masalalar muhokama qilinar ekan, o‘tgan yili tayyor mahsulot eksporti 1,3 milliard dollarni tashkil etgani bilan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Barcha klasterlar faoliyati tahlil qilinib, ulardagi xomashyo va aylanma mablag‘ bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Yig‘ilishda To‘qimachilik uyushmasi faoliyatini ham faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

18-aprel. Tojikoistonga tashrif

18-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga yetib bordi. Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.

Taʼkidlash joizki, oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston—Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.

Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tdi.

22-29- aprel. Qisqa muddatli ta’til

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 29-aprel kuni qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Теги :
Jamiyat