$
 12137.86
-53.44
 14379.72
-85.26
 158.13
-0.38
weather
+26
Кечаси   +14°

Agrobank Visa Excellence Cup 2025 mukofotiga sazovor bo‘ldi

Visa 2025

Agrobank “Visa Premium Cards Launch” yo‘nalishi bo‘yicha Visa Excellence Cup 2025 mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof bankning premium toifadagi Visa kartalarini rivojlantirish, shuningdek, mijozlarga qulay, xavfsiz va xalqaro moliyaviy xizmatlarni taklif etish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasidir.

Mijozlar ehtiyojiga mos premium mahsulotlar

Mukofot Agrobank tomonidan mijozlar ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan yangi premium mahsulotlar yuqori baholanganini ko‘rsatadi. Visa Premium kartalari orqali mijozlar xalqaro imtiyozlar, keng qamrovli xizmatlar va eksklyuziv imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.

Agrobank ushbu yutuqni bank mijozlariga bo‘lgan ishonch va hamkorlik natijasi sifatida baholab, kelgusida ham premium moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar sifatini oshirishni maqsad qilgan.