$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

IIB Telegramda tarqalayotgan virusdan fuqarolarni ogohlantirdi

Veb virus

Telegramda noma’lum akkauntdan sizga yozishsa bloklang, u sizga qandaydir havola yoki ilova yuborishi mumkin, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyat IIB.

Havolaga kirilsa, nima bo‘ladi?

Ma’lum qilinishicha, akkaunt foydalanuvchisi bilmasdan bosib, kirib qo‘ysa plastik kartadagi pul mablag‘lari va Telegram akkaunti firibgarlar boshqaruviga o‘tadi.

Qayerga murojaat qilish kerak?

“Fuqarolardan bu kabi soxta ilovalarni yuklab olmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz. Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!”, deyiladi xabarda.