$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Zoʻravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 6 063 nafar xotin-qizlarga “himoya orderi” rasmiylashtirildi

violence zo

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 8-noyabr kunidan boshlab amalga oshirilayotgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunligi” maxsus profilaktik tadbirlar natijasida bir qancha yutuqlarga erishildi. Ushbu tadbir doirasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, jinoyatchilik xavfi yuqori hududlarda kuzatuv kameralari va yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Shuningdek, zoʻravonlik qurbonlariga yordam koʻrsatilib, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari oʻrinbosari Nilufar Begmatova ma'lum qildi.

 Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash natijalari

 Mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan sektor rahbarlari ishtirokida 4 184 ta muhokamalar oʻtkazildi.

 Aholi bilan xavfsizlik masalalari yuzasidan mahallalarda, korxona tashkilot va ta'lim muassasalarda 96 805 ta uchrashuvlar oʻtkazildi.

 Zoʻravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 6 063 nafar xotin-qizlar aniqlanib, barchasiga “himoya orderi” rasmiylashtirildi.

Kuzatuv tizimi va yoritish choralari

 Jinoyatchilik xavfi yuqori boʻlgan hududlardagi 5 251 ta xonadonlarga, 5 229 ta obyektlarga jami 18 928 ta kuzatuv kameralari hamda 8 448 dona yoritish chiroqlari oʻrnatildi.

 31 545 nafar ov quroli egalari tekshirilib, ov quroli saqlash qoidalarini buzgan 1 092 nafar fuqaroga tegishli choralar koʻrildi.

 865 nafar qidiruvda boʻlgan shaxslar qoʻlga olinib, 258 nafar bedarak yoʻqolganlar yashash manzillariga qaytarildi.

Probatsiya nazoratidagi va qidiruvdagi shaxslar bilan ishlash

 Probatsiya nazoratidagi 105 826 nafar mahkumlar bevosita ish joyida oʻrganilib, 2 845 tasiga ta'sir choralari koʻrildi.

 Tashkil etilgan mehnat yarmarkalari jarayonida nazorat ostida boʻlgan 3 594 nafar shaxslar ishga joylashtirildi, jazoni namunali oʻtayotgan 241 nafar mahkumlar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

“Avtoreyd” tadbirlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar

 Yoʻl harakati xavfsizligi yoʻnalishida “avtoreyd” tadbirlari davomida mast holda boshqargan, qizil chiroq ishorasiga amal qilmagan, quvib oʻtish qoidalarini buzgan, avtomashinani hujjatlarsiz boshqargan, qarama-qarshi yoʻlda harkatlangan, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmay harakatlangan va boshqa 413 507 ta qoidabuzarlik aniqlandi.