$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qisqa videolar giyohvandlik darajasidagi qaramlikni keltirib chiqaradi

reels

Tadqiqot davomida ishtirokchilar kuniga 95 daqiqa davomida qisqa videolar tomosha qilishgan. Bir necha oy ichida ularning miyasida va umuman hayot sifatida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelgan.

Kuzatilgan oʻzgarishlar

Miyaning degradatsiyasi. Atigi ikki oy ichida ishtirokchilarning orbitofrontal qismida kulrang modda hajmi 2,3% ga kamaygan. Bu miya faoliyatining pasayishi va intellektual qobiliyatlarning zaiflashuviga olib keladi.  

Uyqu sifati buzilishi. Qisqa videolarni muntazam tomosha qilganlar orasida uyquga ketish vaqti 40% ga cho‘zilgan, uyqu sifati 30% ga pasaygan. Tadqiqot ishtirokchilarining yarmida esa surunkali uyqusizlik rivojlangan.  

Diqqatning yo‘qolishi. Qisqa videolarni tomosha qilishni yaxshi ko‘ruvchilarning bir narsaga diqqatni jamlash vaqti avvalgi 2,5 daqiqadan 47 soniyaga qisqargan. Bu esa ularni yana telefonga qaytishga undagan.  

Depressiya va xavotirlik. 64% ishtirokchilar o‘zlarida kuchayib borayotgan xavotirlik hissini his qilishgan. Bu hissiyotni faqat ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash orqali yengish mumkin bo‘lgan.  

Olimlarning ogohlantirishi

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, qisqa videolar qaramlikni 2–3 oy ichida rivojlantiradi. Yarim yil davomida bunday kontentga qaramlik miyani shunday darajada zaiflashtiradiki, uni tiklash juda qiyin bo‘lib qoladi.

Теги :
Jamiyat