$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

AQShga qaytarilgan 7 ta vertolyot bo‘yicha “Tolibon” Mudofaa vazirligi bayonot berdi

Vertolyot

“Tolibon” hokimiyatni egallaganidan so‘ng Afg‘oniston harbiy uchuvchilari o‘z samolyot va vertolyotlarini O‘zbekistonga olib o‘tgan edi. Ushbu havo texnikasi bo‘yicha kelishmovchiliklar davom etayotgan bir paytda, O‘zbekiston bu vertolyotlarning bir qismini AQShga topshirdi. Pentagon vakillarining aytishicha, ushbu texnik vositalardan yettita Black Hawk vertolyoti AQShga qaytarilgan

AQShga qaytarilgan vertolyotlar va Pentagonning bayonoti  

AQShning “Amerika Ovozi” telekanali xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Vashingtondagi elchixonasida o‘tkazilgan tadbirda Pentagon rasmiylari ushbu qaror haqida ma’lumot bergan. Ularning ta’kidlashicha, “Tolibon”dan qochgan afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan harbiy texnikalarning aksariyati O‘zbekistonda qolgan, biroq Pentagon tomonidan jangovar holatda deb topilgan yettita Black Hawk vertolyoti AQShga qaytarilgan. 

“Tolibon”ning norozilik bayonoti  

Mazkur qarorga javoban, “Tolibon” harakati tarkibidagi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bayonot e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu vertolyotlar aslida Afg‘onistonga tegishli bo‘lib, avvalgi hukumat vakillari mamlakatni tark etgach, O‘zbekistonga olib o‘tilgan. “Tolibon” ushbu texnikalarning AQShga topshirilishini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlab, ularni Afg‘onistonga qaytarishni talab qilgan.  

Bayonotda shuningdek, afg‘on xalqining o‘z harbiy texnikasiga egalik qilish huquqi borligi va qo‘shni davlatlar ham bu huquqni hurmat qilishi lozimligi qayd etilgan. “Tolibon” AQShdan ushbu vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarish jarayoniga to‘siqlar qo‘ymaslikni so‘rab, bu masala yuzasidan rasmiy talab bildirgan.

Теги :
Jamiyat