$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Chet el valyutalarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

valyuta

So‘nggi vaqtlarda firibgarlik, noqonuniy valyutalarning muomalaga kiritilishi bilan bog’liq holatlar ko‘paymoqda. Ushbu holatlarga chek qo‘yish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi bir qator hududlarda tezkor tekshiruv tadbirlarini o‘tkazdi.

Nurota va Zarafshon shaharda pul “dallol”lari qo‘lga olingan

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, Nurota tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan E.N. fuqaro K.H.ga jami 4 000 AQSH dollarini 51,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuning bilan birga, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, Zarafshon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.J. fuqaro A.J.ga jami 3 900 AQSH dollarini 50 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Valyutalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish qonunan taqiqlanadi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.