$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Dollar “osmon”da, soʻm esa “qulamoqda”: Oʻzbekistonliklarni qanday iqtisodiy xatarlar kutyapti?

positive

Dollarning yangi rekordi haqida Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilgan. (https://t.me/centralbankuzbekistan/10342https://t.me/centralbankuzbekistan/10342)

Amerika valyutasining rekordlari

4-oktyabr sanasida regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 775,02 so‘m etib belgiladi va bu ilk rekord daraja ham emas. Kun davomida kurs 34 so‘mga yuqorilagan.

Dollarning bunday rekordlaridan yana biri yaqinda, 2-oktyabr sanasida 12 757,94 so‘m bilan o‘rnatilgan edi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgan. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.

Devalvatsiyaga ishonib bo‘ladimi?

“Kap Depo” investitsiya kompaniyasi katta tahlilchisi Shodibek Kenjayevning fikricha, yilning birinchi yarmidagi devalvatsiya (yil o‘rtalarida so‘mning mustahkamlanishi) sur’atini tarixiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda past, deb hisoblash mumkin. Uning qayd etishicha, ikkinchi chorakda dollar kursi barqaror saqlanib qolgan, iyun oyida esa so‘m 0,5% ga mustahkamlangan.

O‘z navbatida, “Avesta Investment Group” katta tahlilchisi Shodlik Nazarov dollar kursining yillik o‘zgarishi 9,9% ni, o‘rtacha yillik o‘zgarish esa 10% dan oshib ketishini qayd etmoqda. Uning fikricha, 10% lik devalvatsiya darajasi Markaziy bank uchun ichki nishondir.

So‘mning ahvoli tangmi hamda uning “ahvoli” nimalarga bog‘liq?

O‘zbek so‘mi ketma-ket ikkinchi oy arzonlashdi. Sentyabr oyida milliy valyuta 75 so‘mdan ortiq qiymatni yo‘qotgani ma‘lum.

Iqtisodchi Yuliy Yusupov pandemiyadan keyin valyuta kursi hozirda “unchalik standart bo‘lmagan holatni” ko‘rsatmoqda, deb hisoblaydi. COVID-19 davrida o‘zbek so‘mi Markaziy bank tomonidan keng miqyosda oltin savdosi, 2022-yilda esa Rossiyadan eksport va pul o‘tkazmalarining sezilarli o‘sishi bilan qo‘llab-quvvatlandi.

O‘tgan yili Rossiya rublining pasayishi milliy valyuta kursining 9,9% ga qadrsizlanishiga olib keldi, bu yillik inflyatsiya darajasi (8,77%) bilan taqqoslanishi mumkin.

“O‘ylaymanki, bu yildagi biroz devalvatsiya davlatning tashqi bozorlardagi kreditlari, oltin savdosi va umumiy eksport hajmining o‘sishi bilan izohlanadi. Ammo batafsilroq tahlil qilish uchun kech e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar yetarli emas. Kutish kerak”, — deydi Yusupov.

Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.

Kelajakda qanday xatarlar bor?

O‘zbek so‘mining past darajada zaiflashuvining ijobiy ta’siriga qaramay, Shodibek Kenjayev “yaqin kelajakda valyuta kursining keskin o‘sishida” namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomutanosibliklarning xavfini qayd etgan.

Bu holatda, u kuzgi inflyatsiya natijasida milliy valyutaga “sezilarli bosim” yuzaga kelsa, Markaziy bankning asosiy stavkasi 17% gacha oshishini kutmoqda.

“Mening kutilmalarimga ko‘ra, joriy yilning kuzida bir AQSh dollari uchun 13 ming so‘m kursi juda katta ehtimoliy ssenariy, chunki joriy effekt vaqtinchalik hisoblanadi. Zaiflashuvning asosi hozirgi vaqtda oltin sotish bilan qo‘llab-quvvatlanayotgan tashqi savdodagi salbiy saldoning o‘sishi, shuningdek, Rossiya valyutasining 2024-yil noyabr-dekabr oylariga qadar bir dollar uchun 95−100 rublgacha zaiflashishi bo‘yicha kutilmalar hisoblanib, bu, o‘z o‘rnida, real samarali ayirboshlash kursiga bosim o‘tkazadi”, — degan Kenjayev suhbatlardan birida.

To‘qqiz oy yakunida o‘zbek so‘mi 2,9% ga qadrsizlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, so‘mning barqarorlashuvi va dollar kursining o‘sishdagi o‘zgarishlarni turg‘un deb bo‘lmaydi. Yolg‘on ichki ishonchga tayanib ish ko‘rib bo‘lmasligi aniq bo‘lganidek, so‘mga doimiy tayanch vazifasini o‘tay olmaydigan resurslar berayotgan natija ham barqaror emas.

Теги :
Jamiyat