$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Buyrak saratoni vaksinasining dastlabki sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi

vaksina

Dana-Farber saraton institutidagi Harvard Tibbiyot maktabi (HMS) tadqiqotchilari olib borgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, III va IV bosqich buyrak saratoni bilan og‘rigan to‘qqiz bemorga kasallikka qarshi vaksina qo‘llanilganda  organizmda kuchli immunitet yuzaga keldi. Ushbu tadqiqot Nature jurnalida chop etildi.

 Ijobiy samara

Tadqiqot AQSh Milliy Sog‘liqni Saqlash Instituti va AQSh Mudofaa Departamenti tomonidan moliyalashtirilgan.

Bemorlarning ikkitasi o‘rtacha og’ir, yetti nafari esa kasallikning eng og’ir bosqichida edi. Birinchi bosqich klinik sinovda dori yoki muolajaning xavfsizligi, optimal dozasi va bemorlarning unga bo‘lgan reaksiyasini baholangan. Bemorlar vaksina olgandan so‘ng o‘rtacha 40 oy davomida saratonning keyingi bosqichga o‘tishi sekinlashgan.

Kelajakda saratonning oldini olish mumkinmi?

Ushbu tadqiqot kichik ko‘lamda o‘tkazilgan bo‘lsa-da biroq, keyinchalik saratonga qarshi kurashda katta samara berishi ta’kidlanmoqda.

Tadqiqotning hammuallifi va bosh tadqiqotchisi Toni Choueirining ta’kidlashicha, ular tadqiqot natijalaridan mamnun. Chunki to‘qqiz nafar bemorning hammasida ijobiy natija kuzatilgan.

Tadqiqotchilar jamoasi MIT va Harvard Broad Instituti bilan hamkorlikda ishlagan bo‘lib, tadqiqotning hammuallifi Ketrin Vu shunday deydi:

“NeoVax jamoamiz va Dana-Farberdagi hamkorlarimiz bilan birgalikda erishgan natijamizdan mamnunmiz.”

Buyrak saratonini davolashdagi hozirgi standartlar

Aniq hujayrali buyrak karsinomasi buyrak saratonining eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, III va IV bosqichdagi bemorlar odatda jarrohlik yo‘li bilan o‘smani olib tashlash orqali davolanadi.

Keyinchalik immunoterapiya (pembrolizumab) qo‘llaniladi, u immun tizimining saratonga qarshi kurashishini rag‘batlantiradi.

Biroq, bemorlarning taxminan uchdan ikki qismida kasallik yana qaytalanishi mumkin.