$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yil oxirida allergiyaga qarshi vaksina yaratilishi mumkin

vaksina

Kelgusi yilning oxiriga kelib, Rossiyada qayin gulchanglari allergiyasiga qarshi vaksina paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Federal Tibbiyot-biologiya agentligi (FMBA) rahbari Veronika Skvorsova ma’lum qildi.

Yangi vaksinaning xavsiz va samaradorligi tasdiqlangan

Ma’lum qilinishicha, preparat allaqachon klinikadan oldingi tadqiqotlardan o‘tgan, tadqiqot davomida vaksinaning xavfsizligi, yaxshi ta’siri va yuqori profilaktik samaradorligi tasdiqlangan. Vaksinaning klinik tadqiqotlarini yakunlash uchun havoda qayin gulchanglari paydo bo‘lguncha kutish kerak. Olimlar birinchi natijalarni 2025-yilning aprelidan iyunigacha olishadi.

“Agar natijalar yaxshi bo‘lsa, biz vaksinani 2025-yil oxirida ro‘yxatdan o‘tkazishga umid qilamiz”, dedi Skvorsova.

Allergiyani yengish uchun yaratilgan ilk vaksina

Shuningdek, FMBA ning tushuntirishicha, vaksina allergiyaning oldini olish va davolash uchun mo‘ljallangan va uning ta’siri shundaki, tana qayin gulchanglariga normal immunitet reaksiyasiga xos bo‘lgan IgG antikorlarini ishlab chiqaradi.

Shu bilan birga, allergik reaksiyaga xos bo‘lgan IgE antikorlari ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Hozircha dunyoda bunday vaksinaning o‘xshashi yo‘q.