$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar AQShda sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishda ishtirok etdi

sun

17-dekabr kuni O‘zbekistonlik UzSAT muhandislari SES kompaniyasining maxsus taklifiga binoan O3b mPower 7 va 8 sun’iy yo‘ldoshlarining uchirilish jarayonida faol ishtirok etdi.

Nasa bazasidan ruxsatnoma olgan ilk davlatlardan biri

Parvoz AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan NASA Kennedy Space Center bazasidan amalga oshirildi. Sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish SpaceX kompaniyasining qayta ishlatiluvchi birinchi bosqichli “Falcon 9” raketa tashuvchisi orqali bajarildi.

UzSAT muhandislari SES uskunalarini o‘rnatib, O3b sun’iy yo‘ldoshlarini sinovdan o‘tkazishda ishtirok etgan. O‘zbekiston SES’dan yangi uskunalar va ruxsatnoma olgan ilk davlatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

UzSAT faoliyatida yangi bosqich

UzSAT davlat-xususiy kompaniyasi O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi va internet xizmatlarini rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirmoqda. Kompaniya yaqinda birinchi yer usti sun’iy yo‘ldosh aloqa stansiyasini ishga tushirdi va 2025-yilda ikkinchi stansiyani qurishni rejalashtirmoqda.

2024-yil avgustida UzSAT radioaloqa va televideniye markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston telekanallari va radiostansiyalarini dunyoning 15 mamlakatiga uzatgan edi. Bu jarayon orqali 760 milliondan ortiq auditoriya qamrab olingan.

Ma’lumot uchun, UzSAT O‘zbekistonning Milliy keng polosali sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatlari provayderi bo‘lib, xalqaro hamkorlikda SES kompaniyasi bilan ishlamoqda. SES dunyo bo‘ylab sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi yirik provayderlardan biri hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat