$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto Motors'ning eng katta eksport bozorida Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar sotuvi 3 barobar kamaygan

Uzauto

Ma'lum qilinishicha, 2024-yilning dastlabki 4 oyi mobaynida Qozog'istonda Chevrolet brendi ostidagi avtomobillarning sotuvi 3 barobarga kamaydi. 

Taqqoslash

Joriy yilning aprel oyidagi hisob-kitoblarga qaraganda esa, ushbu brend ostida 1477 dona avtomobil sotilgan. Bu o'tgan yilning ushbu davriga nisbatan 2,7 barobarga kam hisoblanadi. 2024-yilning yanvar-aprel oylaridagi umumiy ko'rsatkich esa 4814 donani tashkil qiladi. O'tgan yilning mos davrida esa bu ko'rsatkich 14 336 taga yetgan edi.

Hyundai va Kia

Shuningdek, Qozog'iston UzAuto Motors'ning eng katta eksport bozori hisoblanadi. O'tgan yil davomida O'zbekistonliklar uchun hamyonbop avtomobillarga kontraktatsiya yopiq bo'lgan davrda ham Qozog'istonliklarga chegirmalar bilan yoki bo'lib to'lab olish asosida ham mashina yetkazib berilgan edi. Joriy yilda esa Chevrolet Qozog'istonda yetakchilikni Hyundai va Kia'ga boy bergan.