$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qanday qilib uyqu sifatini oshirish mumkin?

Uyqu

Mutaxassislar uyqu sifatini oshirish borasida tadqiqot o‘tkazishdi.

Havo almashinishi uyquga ta’sir qiladi

Ma’lum qilinishicha, havosi tez-tez almashtirilib turiladigan xonada uyqu sifati yaxshilanadi. bu haqda Daniya texnika universiteti tadqiqotchilari uyqu sifatini yaxshilashning oddiy usulini aniqlash maqsadida o‘tkazgan tajribasi asosida ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot tajribasi 4 hafta davomida amalga oshirilib, unda havo tozalagich yordamida shamollatilgan xonalar hamda 29 kishi ishtirok etgan. Jarayon mobaynida olimlar uyqu sifatini yaxshilashga erishish uchun asosiy e’tiborni xonadagi moddalar miqdoriga qaratdi. Unga ko‘ra, agar xonada havo almashinishi qanchalik tez bo‘lsa, uyqu sifati ham ancha yaxshilanishi kuzatilgan. Xona tez-tez shamollatilganda kechasi uyg‘onish tezligi ham kamaygan. Tadqiqotda ishtirok etgan olimlardan biri Pavel Vargovskiy xonalardagi ventilyatsiya darajasi kognitiv imkoniyatlarga ta’sir qilishiga ham e’tibor qaratgan.

Havo tozalagichlardan foydalaning

Jumladan, mutaxassislar ko‘chada havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lganda, uy ichida derazalar yopilgan holda maxsus havo tozalagich qo‘llashni tavsiya qiladi. Shuning bilan birga, tadqiqotchilar kelajakda kattaroq guruh bilan tajriba o‘tkazish orqali namlik va karbonat angidrid zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaqindan o‘rganishni maqsad qilganliklarini aytishmoqda.