$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijobiy progress: 46 daqiqalik uyqu kayfiyatni yaxshilaydi

uyqu

Yangi tadqiqotlar shunday xulosaga keldiki, kundalik uyqu vaqtiga atigi 46 daqiqa qo‘shish insonning umumiy holatini yaxshilaydi. Bu qo‘shimcha uyqu nafaqat jismoniy faollik uchun, balki ijtimoiy munosabatlarda ham yordam beradi.

37 daqiqa kam uxlash kayfiyat tushgishiga sabab bo‘ladi

Ma’lum bo‘lishicha, Beylor universiteti olib borgan tadqiqot natijasida aniqlanishicha, qo‘shimcha uyqu kishining kayfiyatini yaxshilash bilan birga, minnatdorlik, sabr-toqat, hayotdan qoniqish va jamiyatga ijobiy hislar bilan munosabatda bo‘lish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan birga, 37 daqiqaga kamroq uxlash esa aksincha, kayfiyat tushishi va charchoqqa olib kelishi mumkin.

Shuningdek, tadqiqotda qatnashganlar uyqu davomiyligiga ko‘ra uch guruhga bo‘lingan va uyqu holatlari maxsus qurilmalar orqali kuzatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘proq uxlaganlar o‘zini yengil va maqsadga erishishga tayyor his qilgan bo‘lsa, kam uxlaganlarda yomon kayfiyat va ijtimoiy muloqotda kamchiliklar qayd etilgan.

Ushbu qo‘shimcha uyqu jismoniy faollikni oshiradi

Bu qo‘shimcha uyqu nafaqat jismoniy faollik uchun, balki ijtimoiy munosabatlarda ham yordam beradi, chunki yaxshiroq dam olgan insonlar ko‘proq yordamchi va jamiyatga hissa qo‘shishga tayyor bo‘ladi.

Bu tadqiqotlar uyqu nafaqat shaxsiy farovonlik, balki ijtimoiy muomala va jamoatchilik faoliyatiga ham ijobiy ta’sir qilishini ko‘rsatyapti. Shuning uchun uyqu vaqtingizni ozgina bo‘lsa ham uzaytirish kunlik ish samaradorligi va jamiyatdagi ijobiy faollikni oshirishga yordam beradi.