$
 12009.27
-51.57
 13688.17
-66.01
 153.75
-1.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Uy-joy narxlari ko‘tarilishi mumkin: Imkon borida “bosish” kerakmi?

Golden House

Aholi sonining kutilmagan sur’atlar bilan o‘sishi ko‘chmas mulk bozoridagi fundamental muvozanatni o‘zgartiruvchi asosiy drayver hisoblanadi. Yangi e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining joriy hisob-kitoblardan 810 ming nafarga ko‘proq ekan ma’lum bo‘ldi. Yil yakunigacha 40 millionlik dovondan o‘tishi prognoz qilinayotgani esa shunchaki statistika emas, balki yaqin oylarda uy-joy bozorida narxlarning yangi o‘sish to‘lqinini boshlab beruvchi jiddiy iqtisodiy signaldir.

810 ming kishilik qo‘shimcha bosim

Iqtisodiyot qoidalariga ko‘ra, taklif hajmi o‘zgarmay qolgan sharoitda talabning keskin ortishi narxlar o‘sishiga olib keladi. Qo‘shimcha 810 ming nafar aholi o‘rtacha 5 kishilik oila sifatida hisoblanganda ham, bozorda qisqa muddat ichida kamida 160 mingdan ortiq yangi xonadonga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.

Yiliga 40 milliondan oshadigan umumiy aholi oqimi fonida urbanizatsiya sur’ati ham tezlashmoqda. Qurilish sohasidagi yillik quvvatlar esa ushbu ehtiyojni bir zumda qoplay olmaydi. Bu esa birlamchi va ikkilamchi bozorda kvadrat metr narxining, shuningdek, ijara haqining muqarrar ko‘tarilishiga zamin yaratadi.

Xalqaro bozordademografik o‘sish narxlarga qanday ta’sir qilgan?

Aholi sonining o‘sishi va uy-joy narxlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik jahon amaliyotida ko‘p bor isbotlangan. Ekspertlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tadqiqotlari buni yaqqol tasdiqlaydi.

1. Turkiya tajribasi (Migratsiya va demografik bosim)

Turkiyada so‘nggi yillarda ichki demografik o‘sish va tashqi migratsiya oqimi natijasida uy-joyga talab keskin ortdi. Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasining Global House Price Index hisobotlariga ko‘ra, Turkiyada uy-joy narxlarining yillik o‘sishi nominal hisobda 100% dan yuqoriladi. Bu jarayon aynan yashash maydoniga bo‘lgan real talabning taklifdan bir necha barobar o‘zib ketishi ortidan sodir bo‘ldi.

2. Buyuk Britaniya (Talab va taklif taqchilligi)

Britaniya Uy-joy, jamoat va mahalliy boshqaruv departamenti (DLUHC) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili aholi o‘sishi hisobiga kamida 300 000 ta yangi xonadon qurilishi talab etiladi. Biroq real qurilish hajmi yillik 200 000 tadan oshmaydi. Ushbu yillik 100 minglik taqchillik oqibatida mamlakatda ko‘chmas mulk narxlari so‘nggi o‘n yillikda inflyatsiya darajasidan ancha yuqori sur’atlarda o‘sib bordi.

3. Janubiy Koreya (Urbanizatsiya va zichlik)

Koreya statistika boshqarmasi (KOSTAT) va Seul shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt va uning atrofidagi hududlarga aholining zichlashishi (urbanizatsiya) oqibatida so‘nggi 5 yilda Seulda kvartiralar narxi qariyb 50-60% ga oshgan. Hukumatning narxlarni sun’iy cheklashga urinishlari taklif yetishmovchiligi sababli samara bermadi.

Imkon borida “bosish” kerakmi?

O‘zbekistondagi demografik ko‘rsatkichlar va yuqoridagi xalqaro tendensiyalardan kelib chiqib, uy-joy sotib olishni keyinga qoldirish bir qator iqtisodiy risklarni yuzaga keltiradi.

Jamg‘arilgan mablag‘lar inflyatsiya va qurilish materiallari (sement, metall, energiya resurslari) tannarxining oshishi sababli o‘z xarid qobiliyatini yo‘qotadi. Bugun 3 xonali uyga yetadigan mablag‘, 1-2 yildan keyin faqat 2 xonali uyga yetishi mumkin.

Shuningdek, uy-joy narxi oshishi bilan parallel ravishda ijara narxlari ham ko‘tariladi. Bu esa o‘z uyi bo‘lmagan fuqarolarning daromadlari katta qismini ijara to‘loviga sarflashiga va shaxsiy uy uchun pul jamg‘arish imkoniyati yanada qisqarishiga olib keladi. Yirik shaharlarda, ayniqsa Toshkent va viloyat markazlarida qurilish uchun qulay yer maydonlari kamayib bormoqda. Markazga yaqin hududlardagi uylar narxi kelajakda faqat o‘sish yo‘nalishida harakat qiladi.

Agar sizda hozir uy-joy sotib olish uchun yetarli mablag‘, qulay ipoteka shartlari yoki shakllangan kapital bo‘lsa, bozordagi vaziyat barqarorlashishini kutish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Aholi soni 40 milliondan oshib borayotgan mamlakatda ko‘chmas mulk har doim eng ishonchli va talab yuqori bo‘lgan aktiv bo‘lib qolaveradi. Xaridni kechiktirmaslik — kelajakdagi ortiqcha xarajatlarning oldini olishning eng to‘g‘ri yo‘lidir.

Теги :
Jamiyat