$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Boylik orttirish va uyqu pozitsiyasi o‘rtasida bog‘liqlik bormi?

uyqu

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot uyqu pozitsiyasi bilan boylik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdi.

Qorinda uxlash boylik keltiradimi?

Olimlarning ta’kidlashicha, qorinda uxlash xavf-xatarga tayyorlik va imkoniyatlarni faol ravishda qidirishga ishora qiladi. Bunday xususiyatlar biznes va moliyaviy muvaffaqiyat sari odimlayotgan insonlarga xos. Lekin bunday holatda uxlaydiganlar atigi 14% ni tashkil qilarkan. Qolganlar esa asosan himoyalanuvchi embrion pozasini yoki yonboshlab yotishni afzal ko‘rishadi.

Boylik ko‘p hollarda xavf-xatarga tayyorlik bilan bog‘liq. Investorlar va tadbirkorlar katta yutuqlarga erishish uchun xavfli qarorlar qabul qilishlari mumkin. Qorinda uxlash esa ana shunday faol shaxsiyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, lekin bu boylikning yagona yoki asosiy omili emas. Har bir shaxsning muvaffaqiyati uning bilimlari, mehnatkashligi va imkoniyatlarni qanday qo‘llashiga bog‘liq.

Embrion pozitsiyasida uxlash o‘zini tashqi xavf-xatarlardan himoya qilish belgisi hisoblanadi

Biroq, ko‘pchilikning embrion pozitsiyasida uxlashi esa himoyalanish ehtiyoji yoki o‘zini barqaror his qilishga intilish bilan izohlanadi. Bu holatlarning moliyaviy jihatdan ustunlik yoki kamchilik sifatida qaralishi noto‘g‘ri. Barqaror va ehtiyotkor insonlar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin, chunki ular xavflarni oldindan o‘lchaydi va mas’uliyat bilan qaror qabul qiladi.

Tadqiqotdan kelib chiqadigan xulosa shuki, har bir insonning individual xarakteridan kelib chiqqan holda “to‘g‘ri” pozitsiyada uxlash batobarida hayotda ham to‘g‘ri pozitsiyada turmush tarzini yashashi kerak.